So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun futbol. “Nasaf” – “Lokomotiv” Yangiliklar

Bugun futbol. “Nasaf” – “Lokomotiv”

Teglar :  NasafLokomotiv
Bugun “Markaziy” stadionda katta futbol. O'zbekiston Kubogi yarim finali javob uchrashuvida “Nasaf” va “Lokomotiv” jamoalari o'zaro bahslashadi.

Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Quyida bugungi uchrashuvning rasmiylari bilan tanishing.

O'zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)
07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00
Bosh hakam:
Vladislav Ceytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Dastlabki uchrashuv – 1:3.
 
Bu yilgi O'zbekiston Kubogi yarim finalida mazkur jamoalar ikkinchi marta tuqnash kelishmoqda.

2015 yili ham “Nasaf” yarim finalda “Lokomotiv” bilan tuqnash kelgan va "Nasaf" “temiryo'lchilar”ni (2:0, 0:1) hisobida mag'lub etib finalga yo'l olgan edi.

Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o'rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 2 avgust kuni Toshkentda bo'lib o'tgan. Unda "Nasaf" 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Uchrashuvdagi gollarni Marat Bikmaev (2), Murod Bobojonov va Dragan CHeranlar kiritishgan.

Final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun “Nasaf” bugun gol o'tkazib yubormasdan, “Lokomotiv” jamoasi darvozasini kamida ikki marta ishg'ol qilishi kerak.

Bugungi uchrashuv natijasi qanday bo'lmasin, qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo'lishini bemalol taxmin qilsak bo'ladi. Bundan albatta “Markaziy”ga  tashrif buyurgan muxlislar yutishadi.

SHunday ekan qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang. “Markaziy”ga marhamat qiling!

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика