So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun futbol. "Nasaf" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - AGMK

Bugun Superliganing 6-tur bahslariga start beriladi.

Kun tartibidan uchta o'yin o'rin olgan.  

Qarshida "Nasaf" Olmaliq shahrining AGMK klubini qabul qiladi. O'yin 19:35da boshlanadi. Superliga turnir jadvalida ikkala jamoa ham quyi o'rinlarda bormoqda va ochkolar soni bir xil 4tadan. 

Kutilmaganda "Nasaf" eng oxirgi o'rinni egallab turibdi. Jamoa shu paytgacha beshta o'yindan faqat bittasida g'alaba qozongan. Oxirgi uchta bellashuvda esa Ro'ziqul Berdiev shogirdlari faqat mag'lubiyatga uchrashdi. Jamoa dastlab "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi va shundan so'ng "Navbahor" bilan "Andijon"ga ham yutqazdi.

AGMK haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa katta niyatlar bilan mavsumni boshladi. Ammo ularning Osiyo chempionlar ligasida omadi kelmadi. Natijada Mirjalol Qosimov shogirdlari bor etiborni ichki chempionatga qaratadigan bo'lishdi. Lekin hozirgi paytda AGMKning ishi ko'p ham yurishayotgani yo'q. CHunki jamo beshta o'yindan faqat bittasida zafar quchgan.

Imkoniyatlar borasida "Nasaf"ni yuqori baholasa bo'ladi, chunki qarshiliklar birinchidan uyda o'ynaydi. Ikkinchidan, jamoaning o'yin uslubi AGMKnikiga nisbatan birmuncha shakllangan. Qosimov Olmaliqda yangi jamoa tuzishga harakat qilyapti. Ro'ziqul Berdiev esa oxirgi besh-olti yil ichida jamoaga o'zi xohlagan o'yin uslubini singdira oldi.  

2018 yil. Ikkinchi bosqich. "Nasaf" - AGMK 2:2 

2018 yil. Birinchi bosqich. "Nasaf" - AGMK 0:2

2017 yil. "Nasaf" - AGMK 1:0 

2016 yil. "Nasaf" - AGMK 2:1

2015 yil. "Nasaf" - AGMK 2:0


Qarshida bo'lib o'tgan oxirgi beshta o'yinning uchtasida "Nasaf" g'olib chiqqan. AGMK esa faqat bir marta o'tgan yilning birinchi bosqichida Qarshidan g'alaba bilan qaytib ketgan. SHuningdek, oxirgi o'yin 2:2 hisobida durang natija bilan tugagan. Darvoqe qatorasiga ikki uchrashuvdirki olmaliqliklar Qarshida yutqazishmayapti. Bugun nima bo'lishini esa o'yindan keyin ko'ramiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика