So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Bugun futbol. "Metallurg" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Metallurg" - "So'g'diyona"

Bugun Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bekobodda "Metallurg" Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17:30da boshlanadi.

Oliy liga. 10-tur. 12 may
Metallurg (Bekobod) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), K. Rasulov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

O'yindan nima kutyapmiz?
"Metallurg" kutilmaganda turnir jadvalida eng oxirgi o'rinni egallab turibdi. Bekobodliklar hisobida atigi bitta g'alaba bor. SHuningdek, ular ikki bor durang o'ynab, beshta uchrashuvda mag'lub bo'lishgan. "So'g'diyona" esa 9ta o'yindan 11 ochko to'plagan holda
10-o'rinni egallab turibdi. Mazkur jamoalar o'rtasida kechadigan bahs haqida nima deyish mumkin? Avvalo o'z maydonida to'p tepayotgan "Metallurg" faqat g'alaba uchun o'ynaydi. CHunki jamoa yana ochko yo'qotadigan bo'lsa, yanada mushkul vaziyatda qoladi. O'z navbatida "So'g'diyona" ham safardan ijobiy natija bilan qaytishga urinib ko'radi.

Fakt
: Bugun "Metallurg" joriy mavsum hisobidan o'z maydonidagi beshinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa avvalgi to'rt bellashuvdan faqat bittasida g'alaba qozongan. Rustam Mirsodiqov shogirdlari 4-turda "SHo'rtan"ni 4:2 hisobida mag'lub etishgan. Boshqa o'yinlarda esa jamoa "Navbahor" bilan durang o'ynagan holda "Dinamo" va "Buxoro"ga imkoniyatni boy bergan.

Fakt: SHu paytgacha safarda beshta uchrashuvda maydonga tushgan "So'g'diyona" dastlabki uchtasida mag'lub bo'lib, keyingi ikkita o'yinda durang o'ynadi. Jizzaxliklar "Qizilqum" va "Dinamo" maydonidan bir ochko to'plagan holda qaytishdi. Agar bugun Davron Fayziev shogirdlari g'alaba qozonadigan bo'lsa, bu "So'g'diyona"ning safardagi ilk g'alabasi bo'ladi.



Bilasizmi? "Metallurg" oliy ligada ketma-ket besh o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Jamoa hisobida ikki durang va uch mag'lubiyat bor. "So'g'diyona" o'tgan tur "Mashal"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, o'ziga xos shov-shuvni yuzaga keltirdi. Ular bungacha uchta uchrashuvdan beri zafar qucha olishmayotgandi.

Bilasizmi?
"Metallurg" o'z maydonida "So'g'diyona"ga qarshi oxirgi uchta bahsning ikkitasida g'alaba qozongan. Jamoa o'tgan yil 2:1 hisobi bilan ustun kelgan. 2015 yilgi mavsumda esa g'alaba jizzaxliklar tomonidan bo'lgan.

05.03.2016

"Metallurg" - "So'g'diyona" - 2:1

26.08.2015
"Metallurg" - "So'g'diyona" - 1:2

14.05.2014

"Metallurg" - "So'g'diyona" - 4:2

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика