So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7

Bugun futbol. "Metallurg" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Metallurg" - "Neftchi"

Bugun Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta bellashuv o'tkaziladi. "Metallurg" o'z maydonida "Neftchi"ga qarshi bahs olib boradi.

"Metallurg"dan farqli o'laroq "Neftchi"ning turnir jadvalidagi holatiga havas qilib bo'lmaydi. Bu anchadan beri aytib kelinayotgan gap. Bekobodliklar 24 ochko bilan 6-o'rinda borishmoqda. "Neftchi" esa 8 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi.

"Neftchi"ning mavsum boshidan beri hali g'alaba qozonmagani ham eskirgan gap bo'lib qoldi. CHunki jamoa 18ta o'yinning 10tasida mag'lub bo'lib 8 bor durang qayd etgan. To'plar nisbati 8-25. 

"Neftchi" har turda g'alaba qozonishga astoydil harakat qilyapti. Masalan, safarda AGMK va "Bunyodkor" bilan kechgan o'yinlarda yaxshi futbol namoyish etdi. Ayniqsa Olmaliqdagi o'yin "Neftchi" ishtirokidagi eng chiroyli bahslardan biri bo'ldi. Lekin ozgina omad etishmadi.

Bilasizmi? "Neftchi" oxirgi to'rtta turning uchtasida durang qayd etdi. Bu jamoa hozir shunchaki futbol o'ynayapti. Balki g'alabali onlar ham kelib qolar.

"Metallurg" bugun o'z maydonida 10-uchrashuvini o'tkazadi. Avvalgi 9ta bellashuvning to'rttasida bekobodliklar zafar quchishgan. Uchta o'yin durang bilan yakun topgan bo'lsa, ikki bor mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 10-10. "Metallurg" uydagi o'yinlarda 15 ochko jamg'argan.

Fakt: "Metallurg" o'z uyidagi oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozona olmadi. Jamoa "Nasaf" va "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi. So'nggi bor Bekobodda "Lokomotiv" 2:0 hisobida mag'lub etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика