So’nggi yangiliklar

07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  6 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1

Bugun futbol. "Mashal" - "Olmaliq" Yangiliklar

Bugun futbol. "Mashal" - "Olmaliq"

Teglar :  MashalOlmaliq
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan yana uchta bahs o'tkaziladi.


Avvalgi turda yirik hisobda mag'lub bo'lgan "Mashal" bugun Muborakda "Olmaliq"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da boshlanadi.

Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq)
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent)
O'zPFL vakili: V. SHtern.

O'yindan nima kutyapmiz? Ikkala jamoa ham bir-biriga mos raqib hisoblanadi. "Mashal" avvalgi turda kutilmaganda yirik hisobda "So'g'diyona"ga yutqazib qo'ydi. "Olmaliq" esa uyda "Dinamo"dan 2:0 hisobida ustun keldi. Bugungi bellashuvda tomonlarning imkoniyatini 50/50 deya olamiz.

Qiziq jihat: Viktor Kumikov "Olmaliq" bosh murabbiyi sifatida bugun sobiq jamoasi "Mashal"ga qarshi bahs olib boradi.

Fakt: "Mashal" 9ta o'yinda 14 ochko to'plagan va jadvalda 7-o'rinni egallab turibdi. "Olmaliq" esa bugungi raqibidan ikki ochko kam jamg'argan holda 9-o'rinda bormoqda. "Mashal" hozircha to'rtta o'yinda, "Olmaliq" esa uchta bahsda g'alabaga erishgan.

Fakt: "Mashal" o'z maydonidagi o'yinlarda uchta g'alabani qo'lga kiritgan. Muborakliklar bir marta durang o'ynab, bir bor mag'lubiyatga uchrashgan. To'plar nisbati 6-2. "Mashal"ning o'z maydonidagi ochkolar soni 10taga teng va bu borada ular "Qo'qon-1912" va "Buxoro" bilan bir xil ochko to'plashgan.

Bilasizmi? "Olmaliq" ketma-ket beshta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti: uch g'alaba va ikki durang. "Olmaliq" safarda hozircha bir marta g'alabaga erishgan. Bu jamoa 6-turda "Obod"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика