So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912"

Bugun oliy liganing 25-tur uchrashuvlariga start beriladi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Oliy liga. 25-tur.
LOKOMOTIV - QO'QON-1912
16:00. "Lokomotiv" stadioni
Bosh hakam
: Hasan Ro'ziev

Turnir jadvalidagi o'rni
: "Lokomotiv" 1-o'rinda (56 ochko), "Qo'qon-1912" 15-o'rinda (18 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 38 ochko.

Tarif: CHempionlik uchun kurashayotgan va oliy ligada qolishga harakat qilayotgan jamoalarning o'zaro bahsi. Bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida qiziqarli o'yin bo'lib o'tishi kutilmoqda. Negaki "Lokomotiv" avvalgi ikki turda g'alaba qozona olmadi. Jamoa "Obod" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi.

SHunday ekan, bugun "temiryo'lchilar"ni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. O'z navbatida "Qo'qon-1912"ga ham ochko juda zarur. CHunki qo'qonliklarni oxirgi o'rinda borayotgan "Andijon" bilan atigi ikki ochko ajratib turibdi. SHu bois oliy ligada jon saqlab qolish uchun ular ham oxirigacha kurash olib borishadi.

Fakt: "Lokomotiv" ikkinchi davra boshlanganidan beri o'z uyida beshta uchrashuv o'tkazib, shundan to'rttasida g'olib bo'ldi. Jamoa faqat "Obod" bilan durang qayd etdi. "Lokomotiv" o'z uyidagi o'yinlarda eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi. "Temiryo'lchilar" hisobida 33ta gol bor.

Fakt: "Qo'qon-1912" hozircha ikkinchi davrada beshta o'yinni safarda o'tkazib, shundan bittasida g'alabaga erishgan. Bir bor durang o'ynagan bo'lsa, uch marta mag'lub bo'lgan. Umuman olganda qo'qonliklar mavsum boshidan beri safarda bir marta g'alaba nashidasini surishgan. Jamoa "Andijon"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan.

Fakt: Qo'qon shahrida kechgan birinchi davra o'yinida "temiryo'lchilar" 3:1 hisobida zafar quchishgandi. Maydon egalari tarkibida Orif Mamajonov to'p kiritgan bo'lsa, mehmonlar safida Kaxi Maxaradze, Sardor Mirzaev va Oleg Zoteev gol muallifi bo'lishgan. O'tgan yil Toshkentda bo'lib o'tgan bahsda ham "Lokomotiv" bu raqibini mag'lub etgan. O'yinda 1:0 hisobi qayd etilgan va yagona gol Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика