Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg"

Xayrulla Xoliqov
15 iyun 2020, 12:06
Bugun Superliganing 4-turidan o'rin olgan uchrashuvlarga yakun yasaladi.

Mamlakatimizning uch karra chempioni "Lokomotiv" bugun o'z maydonida Bekobod shahrining "Metallurg" klubini qabul qiladi. 

Dastlabki uch turdan so'ng "Lokomotiv" turnir jadvalida 6 ochko bilan 6-o'rinda boryapti. "Metallurg" hisobida esa 4 ochko mavjud va bu jamoa 9-o'rinni egallab turibdi. 

"Loko" karantingacha o'tkazilgan uchta o'yinning ikkitasida zafar quchib, bir bor mag'lub bo'ldi. "Temiryo'lchilar" o'z uylarida avvaliga "Andijon"ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchishdi. Shundan so'ng safarda "Navbahor" mehmoni bo'lib 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 3-turni yana o'z maydonida o'tkazib "Buxoro"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

"Metallurg" esa bu yilgi chempionatni durang bilan boshladi. Bekobodliklar safarda AGMK mehmoni bo'lib, 1:1 hisobini qayd etishdi. So'ngra o'z maydonida "Qo'qon-1912" ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi va o'tgan turda "Paxtakor" mehmoni bo'lib 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Toshkentda o'tgan oxirgi 5 o'yin

2019. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:1

2018. Ikkinchi bosqich. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:0

2018. Birinchi bosqich. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:1

2017. "Lokomotiv" - "Metallurg" 3:1

2016. "Lokomotiv" - "Metallurg" 4:1

P.S. Bugun soat 19:00da boshlanadigan o'yinni "Mahalla" TV orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia