So’nggi yangiliklar

19:16Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  0 19:05Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)  6 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор": Асосий таркиблар маълум   1 18:43ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:31Қизиқ факт. "Бунёдкор" Ўзбекистон кубоги доирасида 2009 йилдан буён "Пахтакор"га мағлуб бўлмаяпти   0 18:05Майкл Оуэн: "Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"га муносиб мураббий эмас. Клуб у билан тўртликка киришдан умид қилмасин"  5 17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  0 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   1 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  6 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 15:00Opta суперкомпютери Бундеслига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 14:30"Манчестер Сити" мухлислари учун нохуш хабар — "шаҳарликлар" ярим ҳимоячиси оёғини синдириб олди  2 14:05Расман: Рональдиньо Жуниор фаолиятини Англияда давом эттиради  3 13:37"Ювентус" "Милан" ҳимоячисини ижарага олиш бўйича таклиф юборди. Футболчининг ўзи бу трансферга рози  2

Bugun futbol. Ikkinchi davrada yutqazmagan "Bunyodkor" ikkinchi davrada hali yutmagan "Neftchi"ga qarshi Yangiliklar

Bugun futbol. Ikkinchi davrada yutqazmagan "Bunyodkor" ikkinchi davrada hali yutmagan "Neftchi"ga qarshi

Bugun bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvi bilan oliy liganing 21-turiga start beriladi. O'yin 18:00da boshlanadi

Turning boshqa uchrashuvlari ertaga o'tkaziladi. Bugun ikkinchi davra boshlanganidan beri mag'lub bo'lmagan "Bunyodkor" o'z maydonida ikkinchi davrada hali g'alabaga erishmagan "Neftchi" bilan kuch sinashadi. 

Jadvaldagi o'rni: "Bunyodkor" 6-o'rinda 32 ochko, "Neftchi" 15-o'rinda 13 ochko. 

Jamoalar orasidagi farq klublarning oliy ligada egallab turgan o'rnidan ham bilinib turibdi. Hozirgi "Neftchi"ga havas qilib bo'lmaydi, chunki jamoa pastki o'rinlardan ko'tarila olmayapti, qolaversa, Vadim Abramov bosh murabbiy bo'lganidan beri "Neftchi" hali yutmadi. Ikkinchi davrada ham shu ahvol: uchta mag'lubiyat, ikki durang. 

"Neftchi" mag'lubiyatlari sababi faqat o'zida deb o'ylaymiz. Negaki jamoa kuchli o'yin ko'rsata olmayapti. Masalan, "Buxoro"ga qarshi kechgan oxirgi bahsda ham juda passiv harakat qiladi. Go'yoki g'alaba kerak emasdek. To'g'ri, ikkinchi taymda farg'onaliklar hisobni o'z foydalariga hal etishga urinib ko'rishdi, lekin jamoada o'tkir hujumchining yo'qligi bilinib qolyapti. 

"Bunyodkor" ikkinchi davrada ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa besh o'yindan uchtasini g'alaba bilan yakunladi va ikki bor durang o'ynadi. Ammo oxirgi o'yinda "Bunyodkor"dan ochiqchasiga omad yuz o'girdi. Jamoa Navoiyda 2:0 hisobida yutayotib yakunda 3:3 o'ynadi. O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning xatosi ko'rindi, shu bois bugungi bellashuvda yana Murod Zuhurov so'nggi chiziqni egallasa kerak.

Bilasizmi? "Neftchi" shu paytgacha safarda faqat bir marta g'alaba qozongan. Jamoa 7-turda "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytgan. Umuman olganda, "Neftchi"da jami g'alabalar soni faqat ikkita. Bittasi uyda qo'lga kiritilgan: 1:0, "Obod" ustidan. 

Fakt: "Neftchi" ikkinchi davrada safarda ikkita o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 9ta gol o'tkazib yubordi. "Paxtakor"dan oltita, "Qo'qon-1912"dan uchta. 

Bilasizmi? "Bunyodkor" ikkinchi davraning dastlabki to'rtta uchrashuvida gol o'tkazmadi, faqat oxirgi o'yinda "Qizilqum"dan uchta to'p o'tkazdi. Agar bugun "Bunyodkor" zafar quchsa, bu Qosimov qaytganidan so'ng jamoaning oliy ligada ettinchi g'alabasi bo'ladi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика