So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Bugun futbol. "Buxoro" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Paxtakor"

Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan yana uchta uchrashuv o'tkaziladi. "Buxoro" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Bugun shubhasiz Buxoroda juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. CHunki ikkinchi o'rin uchun kurashayotgan "Paxtakor" uchun bu nihoyatda muhim uchrashuv hisoblanadi. "Nasaf"ning kechagi g'alabasidan keyin bugun "Paxtakor" ham faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushishi turgan gap, biroq "Buxoro" ancha jiddiy raqib. 

Bilamizki, "Buxoro" o'z maydonida ancha yaxshi futbol namoyish etadi, qolaversa, stadionga ko'plab muxlislar tashrif buyurishadi. Bugungi bellashuvga ham 10 mingdan ziyod ishqiboz tashrif buyurishi kutilmoqda. 

"Buxoro" ikkinchi davrani yaxshi o'tkazyapti deya olamiz. SHunday bo'ldiki, jamoa qatorasiga to'rtta o'yinda g'alaba qozonib, jadvalda hatto ikkinchi o'ringacha ko'tarilib oldi. Ammo ketma-ket uchta durang "Buxoro"ni beshinchi o'ringa "mixlab" qo'ydi. "Paxtakor" esa SHota Arveladze qo'l ostiga o'tgach, birin-ketin o'z ochkolarini yig'a boshladi. 

Bilasizmi? "Buxoro" ikkinchi davrada hali mag'lubiyatga uchramadi. Jamoa hisobida beshta g'alaba va to'rtta durang bor. "Paxtakor" esa bir marta yutqazib qo'ydi. Safarda "Buxoro" bilan 3:3 o'ynab qaytgan "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni mag'lub eta oldi. Umuman olganda, "Paxtakor" ikkinchi davrada beshta o'yinni safarda o'tkazgan bo'lsa, shundan ikkitasida g'alabaga erishib, ikki bor durang o'ynadi va bitta uchrashuvda mag'lub bo'ldi. 

Fakt: "Paxtakor" yil boshidan beri safarda faqat uchta o'yinda g'alaba erishgan. Jamoa "Obod", "Metallurg" va "Lokomotiv"dan ustun kelgan. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика