So’nggi yangiliklar

21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0

Bugun futbol. "Buxoro" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 29-turidan o'rin olgan uchta bahs bo'lib o'tadi.

"Paxtakor" safarda "Buxoro" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida "Paxtakor" ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Buxoro" esa yuqori oltilikning 6-pog'onasidan muqim joy olgan.

Bugungi o'yinda imkoniyat ko'proq "Paxtakor" tomonidagidek. Negaki jamoa safarda yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Qolaversa, "Buxoro" hozir muammolar girdobiga tushib qolgan. "Buxoro" birinchi bosqichda yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgandi, ammo ikkinchi davra boshlanganidan beri faqat bitta o'yinda g'alaba qozonganini hisobga olmasak, beshta uchrashuvda mag'lub bo'ldi.

Buxoroda bo'lib o'tgan birinchi bosqich bellashuvida maydon egalari zafar quchishgandi. Esingizda bo'lsa, o'shanda "Paxtakor" hujumchisi Ismoil Gonsalvesh penaltidan to'p kirita olmagan. "Paxtakor" bungacha safarda ketma-ket ikkita o'yinda g'alabaga erishdi. Jamoa "Metallurg"ni 3:0, "Bunyodkor"ni esa 2:0 hisobida mag'lub etdi. 

"Buxoro" bugungi raqibiga jiddiy qarshilik ko'rsata oladimi? Bir narsa deyish qiyin. Bir tomondan buxoroliklarga ham ochko kerak, lekin ikkinchi tomondan jamoadagi kayfiyatni zo'r deb bo'lmaydi. "Buxoro" o'tgan tur o'z maydonida "Bunyodkor"ga yutqazib qo'ydi. Bungacha "Lokomotiv"ga ham imkoniyatni boy bergandi. Bugun nima bo'lishini esa o'yin davomida bilib olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика