So’nggi yangiliklar

10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  0 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  5 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  6 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Nasaf"

Teglar :  BunyodkorNasaf
Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv bo'lib o'tadi. Turning markaziy bahsi Toshkentda "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasida kechadi.

Oliy liga. 25-tur
BUNYODKOR - NASAF
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Boshlanish vaqti: 17:00

Turnir jadvalidagi o'rni: "Bunyodkor" 2-o'rinda (51 ochko), "Nasaf" 3-o'rinda (51 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 0 ochko.

Tarif : Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinni shubhasiz turning markaziy bahsi deya olamiz. Negaki, ikkala jamoa ham bir xil ochko jamg'argan, faqat "Bunyodkor" to'plar nisbatiga ko'ra "Nasaf"dan bir pog'ona yuqorida turibdi. Qarshida kechgan birinchi davra bahsida 1:1 hisobi qayd etilgandi. "Nasaf"dan Erkin Boydullaev, "Bunyodkor"dan SHahzod Nurmatov gol muallifi bo'lishgan. Toshkentda bo'ladigan o'yinda ham kimning imkoniyati yuqoriligini aytish qiyin. Ammo o'ylaymizki, jamoalar qiziqarli va kurashlarga futbol namoyish etib bera olishadi.

Fakt: "Nasaf" ikkinchi davrada hali mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi: xoh uyda, xoh safarda. Qarshiliklar ikkinchi davrani qatorasiga oltita g'alaba bilan boshlashdi va navbatdagi ikki o'yinda durang o'ynashdi. O'tgan turda esa "Metallurg" 3:0 hisobida mag'lub etildi.

Fakt: "Bunyodkor" raqibidan bitta kam o'yin o'tkazgan. CHunki bu jamoaning "Olmaliq" bilan zaxirada o'yini bor. "Bunyodkor" ikkinchi davrada o'tkazgan to'rtta uy uchrashuvining barchasini g'alaba bilan yakunladi. "Qaldirg'ochlar" "Qo'qon-1912", "Obod", "SHo'rtan" va "So'g'diyona" klublaridan ustun kelishdi. Qizig'i shundaki, mana shu to'rttala o'yin ham "Bunyodkor"ning o'z stadionida emas, balki TTYMI stadionida o'tkazildi.

Fakt: "Bunyodkor" bu yil ikkinchi davra hisobidan birinchi bor o'z maydonida to'p tepadi. TTYMI stadionida bo'lib o'tgan avvalgi to'rt uchrashuvda "Bunyodkor" raqiblari darvozasiga jami 9ta gol urib, bitta to'p o'tkazgan. Jamoa bugun o'zining stadionida "Nasaf"ni mag'lub eta oladimi? Buni o'yin yakunlangach bilib olamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика