So’nggi yangiliklar

09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  6

Bugun futbol. Bekobodda oxirgi ikkita o'yinni g'alaba bilan tugatgan jamoalar bahsi bo'lib o'tadi Yangiliklar

Bugun futbol. Bekobodda oxirgi ikkita o'yinni g'alaba bilan tugatgan jamoalar bahsi bo'lib o'tadi

Bugun oliy liganing 14-tur bahslariga start beriladi. Bekobodda "Metallurg" Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.

Qizig'i shundaki, bugun Bekobod shahrida oxirgi ikki o'yinni g'alaba bilan yakunlagan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. Bunday deyishimizga sabab, "Metallurg" avvalgi ikkita bahsda g'alabaga erishdi. Jamoa o'z maydonida "Nasaf"ni, safarda "Obod"ni mag'lub etdi.


"Qizilqum" esa safarda "Dinamo"dan va o'z maydonida "Mashal"dan ustun keldi. Ikkala o'yinda ham navoiyliklar o'z darvozalaridan to'p o'tkazib yuborishmadi. Hozirgacha "Qizilqum" ettita o'yinni safarda o'tkazib, shundan ikkitasida g'olib chiqqan. Ikki bor durang o'ynagan bo'lsa, uch marta imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 4-7.


Bugungi o'yin "Metallurg" uchun uydagi ettinchi uchrashuv bo'ladi. Jamoa bungacha uch marta raqiblarini mag'lub etgan. Bir bor durang o'ynab, ikki marta yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 9-7. 

Bilasizmi? "Qizilqum" oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'ldi. Navoiyliklar Toshkentda "Lokomotiv"dan 0:2 hisobida engilishgan. Qolgan to'rt uchrashuvda ikki durang va ikki g'alaba qayd etilgan. 

Bilasizmi? "Metallurg" ham oxirgi besh uchrashuvning faqat bittasida imkoniyatni boy bergan. Jamoa "Olmaliq"dan mag'lub bo'lgan. Qolgan o'yinlarda uch g'alaba va bir durang qayd etilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика