So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  4 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  38 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  29 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Bugun final! "Championat.asia"ning aksar xodimlari "Pari Sen-Jermen"dan g'alaba kutyapti Yangiliklar

Bugun final! "Championat.asia"ning aksar xodimlari "Pari Sen-Jermen"dan g'alaba kutyapti

Evropa CHempionlar Ligasi final bahsi start olishiga oz fursat qoldi. Saytimiz xodimlari "Bavariya" va PSJ o'rtasidagi uchrashuvga o'z taxminlarini bildirishdi.

Narzulla Saydullaev — saytimiz yuragi, futbol enciklopediyasi:

Aslida final natijasini oldindan taxmin qilish juda qiyin ish. CHunki bitta o'yinda barchasi hal bo'lishi mumkin. Biroq bu safar unday bo'lmasa kerak. "Bavariya" bu yil chempion bo'lishga PSJdan ko'ra haqliroq. 3:1, "Bavariya"ning g'alabasini kutyapman.

Aziz To'xtamurodov — "Olamsport" yuragi, boks federaciyasi matbuot kotibi:

Evrofutbolda mavsumning eng muhim uchrashuvida ochiq futbol guvohiga aylansak kerak. SHaxsan men bugungi finaldan gollar shousini kutmoqdaman. Taxminimcha "Bavariya" bugun g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritadi. PSJ - "Bavariya" 1:3

Xayrulla Xoliqov — "Lokomotiv" (Toshkent) matbuot kotibi:

Yaxshi o'yin bo'ladi. Parij klubi "Bavariya"ni engadi - 4:3.

Eldor Akmurzaev — "O'xshash chehralar" rukni muallifi:

"Bavariya" bugungi finalda favoritdek ko'rinmoqda, lekiin PSJ ham hal qiluvchi bahsga bekorga etib kelmagan. Bugun gollarga boy o'yin ko'rsak kerak, chunki jamoalar o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvlarga etibor qaratsak, uchtadan kam gol urilmagan - 3:1, 3:1, 0:3 ("Bavariya" foydasiga).
Darvoqe, parijliklar finalgacha Bundesliganing 2 etakchi klubini ("Borussiya D", "RB Leypcig") musobaqadan chiqarib yuborganini ham unutmaslik lozim. Taxminimcha, PSJ o'z tarixida ilk bor musobaqa g'olibligini qo'lga kiritadi.
Malumot o'rnida: Myunxenliklar 10 bor ECHL finaliga chiqib, 5 marta mag'lub bo'lgan.

Abdulaziz Iskandarov — Kamoliddin akaning aytishlaricha, familiyasini o'zgartirishni rejalashtirgan va "Bunyodkor"dagi o'zgarishlarni diqqat bilan kuzatayotgan xodimimiz:

Final o'z nomi bilan final! Ikki teng kuchli raqiblar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz, biror fikr bildirishga ojizman. Avvalgi tahminlarimni aksariyati to'g'ri chiqqan edi. Mazkur bellashuvda har qanday natija qayd etilishi mumkin. CHunki, finalda kim o'ynashidan qatiy nazar doim imkoniyat bir hil bo'ladi. "Bavariya"ni hozir 200 tezlikda yo'lda ketayotgan haqiqiy mashinaga qiyoslash mumkin, hali hech kim ularni to'xtata olgani yo'q. PSJ esa bu mavsumda Tuxel boshchiligida yangi darajaga ko'tarildi va mavsumni yuqori notada yakunlash uchun ularda ham yaxshigina imkoniyat bor. Flik shogirdlari mazkur o'yinga penaltilar seriyasiga ham mahsus tayyorgarlik ko'rdi. Odatda final uchrashuvlari oldidan hisobni tahmin qilmayman. Ushbu odatimga bu safar ham sodiq qolaman. Keskin kurashlarga boy va qiziqarli o'yin kutmoqda. Ammo, baribir nazariy jihatdan "Bavariya"da biroz imkoniyat yuqori, 60/40.

Kamoliddin Alimov — kompyuterlar hozirgi avlod yigitlarining sog'lig'iga jiddiy zarar etkazayotgani to'g'risida kuyunib gapiradigan ustozimiz:

Bu uchrashuvda ko'p gol ko'rmasak kerak. Bir-biriga munosib raqiblar. Finalda jamoalar hujumga berilib ketib, katta tavakkal qilmasalar kerak. Ko'proq bir-birlarining xatolarini kutishadi. Taxmin qilib ko'raman, o'yin taqdiri qo'shimcha bo'limlarda hal bo'ladi. PSJ qo'rqinchli "Bavariya"ni to'xtatib, ECHL g'olibiga aylanadi.

Furqat  Po'latov — saytimiz Samarqand viloyatidagi muxbiri:

Ko'plab futbol muxlislari kabi menda ham maydonda nisbatan kuchsizroq jamoaga simpatiya uyg'onadi, futbolda kichik bo'lsa ham sensaciya bo'lishi xohlayman va bugun Parij jamoasidan g'alaba kutyapman. Tashkil topganiga 50 yil bo'lgan PSJ ilk marotaba ECHL finaliga chiqishi bilanoq "shalpangquloq" kubokni qo'lga kirita olishiga sabablarni keltirmoqchiman:
● "Nemis mashinasi"ni juda yaxshi biladigan Tomas Tuxel;
● Klubning azaliy orzusi ushalishiga bir qadam qolganda jipslashishi va etakchilar Mbappe-Neymarning jamoani oldinga tortayotgani;
● Nosir al-Xelayfi.
Evropa nashrlarida chiqqan malumotlarda klub prezidenti bugungi ehtimoliy g'alaba uchun futbolchilar va murabbiylar shtabiga katta pul mablag'i ajratilishi haqida elon qilgan. Bu ham futbolchilar uchun motivaciya bera olsa kerak.
● Kichik statistika: ushbu jamoalar shu paytgacha 9 bor maydonda kuch sinashishga va ustunlik parijliklar tomonida 5-4.
Albatta, "Bavariya" klubining ko'pllab muxlislariga hurmat saqlagan holda bugun parijliklarning 2-1 hisobida g'alabasini taxmin qilyapman.

Nodirxo'ja Yuldashev — bolalar futboli sabab saytda kamnamo bo'lib qolgan rahbarimiz:

Bu uyinda chin dildan PSJ yutishini istayman. Agar Bavariya yutib kuysa, SHobiga KFC oberishim kerak. SHunga taxminim, 1:0 PSJ foydasiga.

Faxriddin Ro'ziev — ijobiy xislatlarga juda boy, eng kamtar xodimimiz:

Ayni paytda "Bavariya" mutlaq favorit. Guruh bosqichi yoki pley-off bo'laganida nemislar PSJni "yanchib tashlashi" aniq edi. Ammo jamoalar turnirning yakunlovchi o'yinida o'zaro to'qanashishadi. Parijliklar safida raqiblarni qo'pollik ishlatishga majburlay oladigan, yiqilishni "sanat" darajasiga chiqargan o'yinchilar bor. Bir dona qizil kartochka yoki penalti uchrashuv taqdirini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. Negadir bugun aynan shunday bo'lishiga ishonyapman, ajoyib mavsum "Bavariya" uchun muvaffaqiyatsiz yakunlanishi mumkin. Oldingi uchrashuvlar, rekordlar bugun unutiladi, barchasi maydonda hal bo'ladi. Nemis klubining ustunligiga qaramay, qiyin uchrashuvda Neymar boshchiligidagi francuzlar g'alaba qozonadi, deb o'ylayapman.

SHerzod Nurmatov — "Futbol retro talqinda" rukni muallifi:

Bugun mavsumdagi eng chiroyli o'yinlardan birining guvohiga aylanamiz. Dahshatli hujumlar, qoyilmaqom seyvlar, yarim himoyachilar mahorati, himoyachilarning ishonchli o'yin... Hamma-hammasini. Jamoalar bor kuchlari bilan harakat qiladilar, shu bilan birga, nemis murabbiylarining falsafasi va taktik ishlanmalari ham bugun muhim ahamiyat kasb etadi. Taxminimcha, PSJ - "Bavariya" 2:3 hisobi qayd etiladi va "shalpangquloq" Myunxenga ketadi.

Aziz Nuriy — "Qizilqum" jamoasi matbuot kotibi:

Bugun zo'r, chiroyli o'yin bo'ladi. Nazariy jihatdan "Bavariya"ning o'yini g'oliblikka loyiq, uchragan raqibni yirik hisobda yutyapti. Imkoniyatlaridan foydalansa, nemislar g'alaba qozonadi. Biroq, PSJ ham o'ylagan niyatlarini amalga oshirishga qodir jamoa deb hisoblayman. Esingizda bo'lsa, "Lion"ning so'nggi bekati "Siti" bo'lishi taxmin qilishgandi. Omadga ham ko'p narsa bog'liq. Taxminimcha, PSJ chempion bo'ladi.

Bu erda Tolibjon Qosimovning ham taxmini bo'lishi mumkin edi, ammo fotografimiz "Sevilya" — MYU o'yinidan keyin o'zlariga kelishga ulgurmadilar. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика