So’nggi yangiliklar

17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  4 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Bugun Bundesliga g'olibi aniq bo'ladi Yangiliklar

Bugun Bundesliga g'olibi aniq bo'ladi

Bugun tunda Germaniya chempionati 2022/2023 mavsumi yakuniga etadi.

Quyida so'nggi tur oldidan Bundesligadagi intrigalar xususida so'z yuritamiz.


CHempionlik masalasi.

So'nggi tur oldidan turnir jadvalida “Borussiya Dortmund” 70 ochko to'plab birinchi, 68 ochko to'plagan «Bavariya» esa ikkinchi o'rinda bormoqda. Joriy mavsum chempionligi aynan shu ikki jamoadan biriga nasib etadi.

Yakunlovchi turda «Borussiya» Signal Iduna Parkda «Mayns»ni mehmon qiladi. To'plar nisbati Myunhen grandida yaxshiroq bo'lganligi bois «asalarilar»ni faqat g'alaba chempionga aylantiradi. Amaldagi chempion esa Dortmundga «motivaciyasiz» kelayotgan «Mayns»ga omad tilaydi. «Mayns» ayni paytda jadvalning qoq o'rtasidan joy olganligi uchun, g'alaba ularga hech nima bermaydi. Katta ehtimol, bugun tunda Dortmund grandi tarixlaridagi 9 chi chempionlikni tantana qiladi. «Bavariya» 34 chi turda jadvalda «Mayns»dan bir pog'ona pastda joylashgan «Kyoln» bilan safarda bellashadi. «Kyoln» ham «Mayns» bilan bir xil holatda, g'alaba yoki mag'lubiyat deyarli farqi yo'q.


Evrokubok yo'llanmalari uchun kurash.

Bilasiz, Bundesligadan 4 ta jamoa YCHLda, 1 jamoa Evropa Ligasida va yana bir jamoa Evropa Konferenciyalar Ligasida ishtirok etadi. Hozircha ECHLda yo'l olgan 3 jamoa malum. Bular “Borussiya D”, «Bavariya» va «Leypsig». 4 chi chipta uchun ikki davogar “Union Berlin” va «Frayburg» kurash olib bormoqda. «Union» so'nggi turda 12 chi o'rinda borayotgan «Verder» bilan, «Frayburg» esa 8 chi pog'onada joylashgan «Ayntraxt» bilan bellashadi. «Ayntraxt»da ham «Verder»dagi kabi o'yinning ahamiyati kam. Jamolarga g'alaba ham mag'lubiyat ham hech nima bermaydi.

Turning intrigaga boy o'yinlaridan biri Bohum shahrida bo'lib o'tadi. Unda divizionda qolish uchun kurashayotgan «Bohum» EKL yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun yaqin turgan «Baer» bilan «jang»qiladi. “Folksvagen arena”da «Bundesliga»dan badarg'a bo'lishi aniq bo'lgan «Gerta»ni qabul qiladigan «Volfsburg» ayni paytda jadvalda 7 chi o'rinda bormoqda va «Bayer» bilan oradagi farq 1 ochkoni tashkil qiladi.

 

Ligada qolish uchun kurashayotganlar.

Oldinroq aytganimizdek «Gerta»ning ligani tark etishi aniq. Kurash 13 chi pog'onada joylashgan «Xoffenxaym»dan to 17 chi o'rinda borayotgan «SHalke»gacha bo'lgan jamoalar o'rtasida kechadi.

So'nggi turda

«SHtutgart» – «Xoffenxaym»

Borussiya M” – «Augsburg»

«Bohum» – «Bayer»

«Leypsig» – «SHalke»

juftliklariga guvoh bo'lamiz.

Katta ehtimol ligani «Gerta» bilan birga «SHalke» tark etadi, «Bohum» esa o'tish o'yinida ishtirok etsa kerak.


 

Po'lat Qalandar hikoya qiladi.

 

 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика