Bugun AGMK va "Bunyodkor" qaysi liboslarda o'ynashi malum
15 may 2018 11:39
Yangiliklar


Bugun AGMK va "Bunyodkor" qaysi liboslarda o'ynashi malum
Bugun Superliga 12-tur bellashuvlari davom ettiriladi.
Olmaliqning AGMK klubi o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qiladi. Kecha mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa mutasaddilari va uchrashuv komissari ishtirokida miting o'tkazildi. Bu haqda "qaldirg'ochlar" matbuot xizmati xabar berdi. Unda bugungi uchrashuvga oid masalalar muhokama qilindi. SHuningdek, bo'lajak o'yinda jamoalarning qanday rangdagi liboslarda to'p surishlari ham malum bo'ldi. Unga ko'ra, bugun AGMK futbolchilari sariq, "Bunyodkor" vakillari esa to'q ko'k rangli libosda maydonga tushadigan bo'lishdi. Hakamlar guruhi esa qizil rangli formalarda uchrashuvni boshqarishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar