Bugun 21:30. O'zbekiston U23 - Iroq U23
16 jan 2016 07:55
Yangiliklar


Bugun 21:30. O'zbekiston U23 - Iroq U23
Bugun U23 Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston U23 - Iroq U23 uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Doxa shahrida Iroqqa qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.
O'yinni ummonlik Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bahs SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi.
Guruhdagi yana bir o'yin 18:30da Janubiy Koreya va Yaman o'rtasida bo'lib o'tadi.
Doxa shahridan tayyorlangan kundalikning birinchi va ikkinchi kungi sonlarini tomosha qiling.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar