So’nggi yangiliklar

16:54Тарихда шу кун. Гейнрихнинг омадли қайтиши, Шомуродовнинг дебют ўйини, ёхуд Ўзбекистон – Яман 1:0  1 16:49"Барселона" ярим ҳимоячиси жароҳат сабаб 3-4 ҳафтага сафдан чиқди  0 16:22"Манчестер Юнайтед" бош директори: "Эрик тен Хаг бизга мос мураббий"  5 15:36АПЛдан Саудия Арабистони томон навбатдаги трансфер ҳал бўлди  0 14:59ЖЧ-2026 саралаши. Ироқ терма жамоаси таркиби эълон қилинди — рўйхатда А Сериядан ҳам вакил бор  0 14:10ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР учрашувини ким бошқариб бориши ёдингиздами?  8 13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  1 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  2 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  2 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  17 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2

Bugun 18:15. Xitoy U-23 - O'zbekiston U-23 Yangiliklar

Bugun 18:15. Xitoy U-23 - O'zbekiston U-23

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida 2-tur bahslari davom ettiriladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2-turni Xitoy qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi. Uchrashuv Songxla shahridagi "Tinsulanon" stadionida bo'lib o'tadi.


DASTLABKI TURDAGI NATIJA

Musobaqaning 1-turida O'zbekiston olimpiyachilari Eron bilan o'ynashdi. Islom Qobilov birinchi taym so'nggida Bobir Abdixoliqov ishlagan penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Bunga forslar ikkinchi taym boshida javob berishdi - 1:1. 

Xitoy esa ilk turni Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazdi. Qiziqarli va hujumlarga boy o'tgan bahs taqdirini birgina gol hal qildi. 90+3 daqiqada koreyaliklar Xitoy darvozasini ishg'ol etishdi va g'alabani ilib ketishdi - 1:0. 



O'YINDAN OLDINGI FIKR

"Dastlabki o'yinni durang bilan boshladik. Sezib turibmiz, butun xalqimiz bizdan bu o'yinda g'alaba kutishgan edi. Ammo o'yin ancha qiyin kechdi. Yopiq o'tgan o'yin sabab o'zimizning 100 foizlik o'yinimizni ko'rsata olmadik. Endi ikkinchi o'yinda bor kuchimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Har kuni videotasvirlar orqali raqibning ojiz va kuchli tomonlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Xitoyga qarshi o'yinda chiroyli g'alaba bilan 3 ochko qo'lga kiritishga vada beramiz", - deydi terma jamoamiz darvozaboni Abduvohid Nematov.



XITOYNING U-23 OSIYO CHEMPIONATLARIDAGI ISHTIROKI
2014 yilgi dastlabki U-23 Osiyo chempionatida Xitoy juda yomon ishtirok etgan. O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Iroq bilan bir guruhdan joy olgan chin yurti vakillari uchala bahsda ham yutqazib qo'yishgandi.

Qizig'i 2016 yil Qatarda o'tgan musobaqada ham xitoyliklar umuman ochko ololmay uyga qaytishgan. Qatar, Suriya va Eronga imkoniyat boy berilgan.

2018 yilgi Osiyo chempionati Xitoyda bo'lib o'tgan. O'z uyida o'tgan musobaqada xitoyliklar nihoyat birinchi bor ochko olishgan. Ummon 3:0 hisobida mag'lub etilgan. Biroq keyin O'zbekiston va Qatarga imkoniyat boy berilgan. SHu tariqa mezbonlar 3 ochko bilan guruhda 3-o'rinni band etishgan.

Yuqorida yozilganidek bu ikki jamoa U-23 Osiyo chempionatlarida ikki bor to'qnash kelishgan. Har ikkala bahsda ham O'zbekiston g'olib bo'lgan. 2014 yilgi uchrashuvda vakillarimiz Egor Krimec va Igor Sergeevning gollari evaziga g'alaba qozonishgan - 2:1.

2018 yildagi o'zaro o'yinda esa Hojiakbar Alijonovning yagona goli jamoamizga g'alaba keltirgan.


XITOYNING 2019 YILDAGI O'YINLARI

U-23 Osiyo chempionati saralashi
Xitoy - Laos 5:0
Xitoy - Filippin 8:0
Xitoy - Malayziya 2:2

O'rtoqlik uchrashuvlari:
Xitoy - BAA 1:2
Xitoy - Irlandiya 1:4
Xitoy - Bahrayn 4:1
Xitoy - Meksika - 0:1
Xitoy - CHili 1:2
Xitoy - KXDR 1:1
Xitoy - Vetnam 0:2
Xitoy - Ioraniya 2:0
Xitoy - Indoneziya 2:0
Xitoy - Saudiya Arabistoni 0:0
Xitoy - Tailand 0:1
Xitoy - KXDR 0:1



O'zbekistonning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:

Darvozabonlar: 1.Abduvohid Nematov ("Nasaf"), 12.Mashxurjon Muhammadjonov ("Nasaf"), 21.Nizomitdin Ziyovutdinov (AGMK).

Himoyachilar: 2.Islom Qobilov ("Bunyodkor"), 3.Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), 5.Dilshod Saitov ("Nasaf"), 13.SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), 15.Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), 19.Ilhom Alijonov ("Navbahor"), 20.Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: 4.Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), 6.Aziz G'aniev ("Nasaf"), 7.SHarof Muxitdinov ("Nasaf"), 8.Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), 9.Jasurbek Yaxshiboev (AGMK), 14.Abrorbek Ismoilov ("Surxon"), 17.Islom Kenjaboev ("Nasaf"), 18.Doston Ibragimov ("Qizilqum"), 22.Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), 23.Oybek Bozorov ("Nasaf").

Hujumchilar: 10.Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), 11.Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor"), 16.Azizbek Amonov ("Lokomotiv").




Xitoyning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:

Darvozabonlar: 1.Li Guansi ("SHandong Luneng"), 12.CHen Vei ("SHanxay SIPG"), 22.Zang Yan ("Jiangsu Suning")

Himoyachilar: 2.Tong Lei ("Zeijang Grintaun"), 4.Vei Zen ("SHanxay SIPG"), 5.Zu CHenjie ("SHanxay SHenxua"), 6.Xuang Kong ("SHandong Luneng"), 14.Zao Jianfei ("SHandong Luneng"), 15.Feng Boxuan ("Guanchjou Evergrand"), 16.Yang SHuai ("CHongking Lifan"), 18.Jiang SHenglong ("SHanxay SHenxua"), 20.Dilmurat Mavlanyaz ("CHongking Lifan")

Yarim himoyachilar: 3.Xuang Zengyu ("Guanchjou RF"), 8.Duan Liuyu ("SHandong Luneng"), 21.Zang Lingfeng ("Jiangsu Suning")

Hujumchilar: 7.Yang Liyu ("Guanchjou Evergrand"), 9.Zang Yuning ("Beyjing Goan"), 10.Xu Jingxang ("SHanxay SIPG"), 11.CHen Binbin ("SHanxay SIPG"), 13.Zou Junchen ("SHanxay SHenxua"), 17.Xuang Zichang ("Jiangsu Suning"), 19.Tian Xin ("SHandong Luneng"), 23.CHen Pu ("SHandong Luneng")



HAKAMLAR

Uchrashuvni qatarlik Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Al Jassim 1987 yilda tug'ilgan va 2013 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Eron uchrashuvida qatarlik Hamis Al Marri bosh hakam bo'lgandi, Abdulrahmon Al Jassim zaxira hakami sifatida ishlagan edi.



U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 2-tur
Xitoy - O'zbekiston
12 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 18:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri va Saud Ahmad Al Maqaleh (ikkisi Qatar)
To'rtinchi hakam: Hamis Al Kuvari (Qatar)
VAR hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali va Muhammad Abdulla HAsan Muhammad (ikkisi BAA)



China U23

AFC U23 Championship Grp. C . 2-tur

12/01/2020, 17:15

2
:
0
Tugadi

Uzbekistan U23

45'
90'


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика