Bugun 18:00. O'zbekiston - Bahrayn
29 mar 2016 08:00
Yangiliklar
Bugun 18:00. O'zbekiston - Bahrayn
Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda guruhda yakka peshqadam bo'lib turibdi. Bugungi g'alaba jamoani saralashning uchinchi bosqichiga olib chiqadi. Bahrayn esa uchinchi o'rinni egallash va Osiyo kubogi-2019 saralashini davom ettirishga harakat qiladi.
Bugungi bahsni BAA vakili Muhammad Abdulla Muhammad boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Kecha Babayan ham, Bahrayn ustozi Serxio Batista ham o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashishdi. Serxio Batista Jahon va Olimpiada chempioni bo'lgani haqida kecha malumot bergandik. O'zbekiston va Bahrayn terma jamoalarining rasmiy mashg'ulotlaridan fotogalereya ham kecha taqdim etilgandi.
O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi bahs 29 mart kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar