Buffon Tottidan o'tib ketdi va uchinchi o'ringa chiqdi
11 mar 2017 07:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/244297_original.jpg)
![](/upload/storage/244297_220.jpg)
Buffon Tottidan o'tib ketdi va uchinchi o'ringa chiqdi
Italiya chempionatining 28-turidan o'rin olgan Milanga qarshi bahs Yuventus posboni Janluiji Buffon uchun ligadagi 613-o'yin bo'ldi.
39 yoshli futbolchi Roma hujumchisi Franchesko Tottini (612 matchey) ortda qoldirdi va Italiya A seriyasidagi o'yinlar soni bo'yicha uchinchi o'ringa chiqdi.
Buffondan tepada Inter sobiq vakili Xaver Dzanetti (615) va Milan sobiq himoyachisi Paolo Maldini (647) turishibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar