So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  4 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  4 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

Buffon o'tmishiga xat yo'lladi Yangiliklar

Buffon o'tmishiga xat yo'lladi

Buffon - Mark SHagal uning hayotini qanchalik o'zgartirib yuborganini xat orqali batafsil so'zlab berdi.

Janluijji Buffon xatolari, depressiyasi va o'zini qanday anglab etgani haqida o'tmishiga gapirib berdi.

"Qadrdonim, 17 yoshli Janluijji!

Hayotida turli xil voqealar yuz bergan, ko'p xatolarga yo'l qo'ygan 41 yoshli erkak senga xat yozyapti. Senga yaxshi va yomon yangiliklarim bor. Asosiysi, bugun sen bilan yaqindan suhbatlashmoqchiman. Ha, chin dildan! Bunga ishonish yoki ishonmaslik o'zingga havola.

SHunday bo'lsa-da, kel, yomon yangiliklardan boshlaymiz. Sen 17 yoshdasan va tez orada haqiqiy futbolchi bo'lasan, xuddi o'zing orzu qilgandek! SHoshma, hamma narsani bilaman deb o'ylama. Sen hech narsani bilmaysan. Bir necha kundan so'ng ilk o'yining — A Seriya. "Parma" safida maydonga tushasan. Hali qo'rqish uchun ham etarli tajribaga ega emassan. Bunday voqea arafasida issiq sut ichib, yotishingiz kerak edi, aslida. Ammo sen yoshlar jamoasidagi bir do'sting bilan tungi klubga bording. Faqat bir bokal pivo, xop?

Yo'q. O'zingni qo'lga ololmading. Ha, zo'rsan-da o'zingcha. Odatda bosimni shunday engib o'tasan. Tungi soat birda klub yaqiniga borasan, miliciya xodimlari bilan janjallashasan. Eh, uyga bor va yotib uxla. Iltimos sendan — faqat policiya mashinasining g'ildiraklariga tegma... Bu "Parma" rahbariyatiga ham yoqmaydi axir. Doim salbiy fikrdasan. Ichingda xatolar tomon etaklaydigan olov bor. Jamoadoshlaringga qanday kuchli va qo'rqmas ekaningni ko'rsatib qo'yging keladi, aslida esa bu shunchaki niqob. Bir necha kundan so'ng 3ta sovg'aga ega bo'lasan – u juda xavfli. Pul, shon-shuhrat va orzungdagi ish.

Sen rostdan ham "nimasi xavfli ekan?" deb o'ylayapsanmi?! Haaa... Unday bo'lsa eshit. Bir tarafdan, darvozabon o'ziga ishonishi lozim. Qo'rqmasdan! Agar bosh murabbiy eng texnik posbon va eng qo'rqmas kiperdan birini tanlashi kerak bo'lsa, men seni ishontirib aytamanki, u qo'rqmas o'yinchini tanlaydi. Boshqa tarafdan esa – jasur inson hamma narsani tez unutib yuboradi. Agar sen nigilist bo'lsang va faqat futbol haqida o'ylasang, qalbing so'nib boraveradi. Oxir-oqibatda shunday depressiyaga tushib qolasanki, hatto krovatdan ham turging kelmay qoladi.

Buni eshitib balki kulging qistar, ammo bu albatta sodir bo'ladi. Faoliyatingning eng cho'qqisidasan, hamma narsang bor. Xo'sh, erkak kishi yana nimani orzu qilishi mumkin?! 26 yosh, "Yuventus" va Italiya termasi darvozaboni. Pul, hurmat. Barchasi muhayyo. Hattoki, seni Supermen deb chaqira boshlaydilar.

Ammo sen – super qahramon emassan. Hammaga o'xshagan oddiy insonsan. Kasbdagi bosim seni robotga aylantirib qo'yishi mumkin. Kundalik mayda ishlarga o'ralashib qolish xuddi qamoqqa teng. Sen mashg'ulotga borasan. Uyga qaytasan va televizor ko'rasan. Keyin esa uxlashga yotasan. Ertasi kuni ham xuddi shunday tartib. G'alaba qozonasan. Mag'lub bo'lasan. Yana va yana...

Bir kuni ertalab oyoqlaring qaltirayotganini sezasan. SHunchalik kuchsizsanki, hattoki mashina ham hayday olmaysan. Sen esa kasal bo'ldim yoki qattiq charchadim deb o'ylaysan. Lekin ahvoling yanada og'irlashib boraveradi. Hech narsa qilishni istamaysan – faqat yotib uxlasang bo'ldi. Mashg'ulotlardagi har bir seyv katta kuch talab etadi. Mana etti oy o'tibdiki, xursand bo'lish uchun arzirli sabab topa olmaysan.

SHu erda ozgina tanaffus qilishing kerak. CHunki sen — 17 yoshli yigitcha — nimani o'ylayotganingni men juda yaxshi bilaman. "Bu nima degan gap? Men – baxtli insonman. Tug'ma etakchi. Agar "Yuventus" darvozaboni va millioner inson bo'lsam, u holda albatta baxtli bo'laman. Yana qanaqa depressiya?". Senga muhim bir savolni berishim kerak. Nima uchun butun hayotingni futbolga bag'ishlashga qaror qilding, Jijji? Yodingdami? Iltimos! Faqat "Hamma gap Tomas N’Konoda dema...". Esla. CHuqurroq mulohaza qil. Har bir detalni batafsil yodga olishing zarur. Ha, o'shanda 12 yoshda eding. Ammo sen o'sha o'yin vaqti qaerda bo'lganding? Ko'zlaringni yum. Uyingda, mehmonxonada yolg'iz o'tirganding. Qani barcha do'stlaring? Eslolmaysanmi? Buving oshxonada tushlik tayyorlayotgan edi. Ko'cha shunchalik issiqligidan u hamma derazalarni yopib chiqishga qaror qildi. Hammayoq qorong'u, faqat televizor nur taratib turibdi.

Nimani ko'ryapsan?

G'alati so'z: KAMERUN.

Sen Kamerun qaerda ekanini ham bilmaysan. Hattoki, bunday joy borligidan ham xabardor emasding. Albatta, Argentina va Maradonani juda yaxshi taniysan. Ammo kamerunlik o'yinchilarda qandaydir sehr bor. U erlar juda issiq, biroq ularning posbonlarining qo'llari uzun, qolaversa, qora shim kiyadilar. U yashil forma kiygan, yoqalari esa pushti rangda. Bo'ylari baland, engil harakatlana oladi, o'ziga juda yarashib turadigan mo'ylovi ham bor. Bor etiboringni esa o'ziga qarata olmoqda.

Butun hayotingda ko'rgan eng ajoyib yigit aynan u. SHarhlovchining aytishicha, uning ismi Tomas N’Kono ekan. Va yana – sehr: Argentina burchakdan zarba berdi. Tomas o'yinchilar orasiga o'zini otdi va yuqoridan to'pni ushlab oldi. Aynan o'sha payt nima qilmoqchi ekaningni tushunib etding. Sen shunchaki oddiy posbon bo'lishni istamaysan. Sen aynan unga o'xshagan kiper bo'lishni xohlaysan.

Italiyada Jahon CHempionati bo'lib o'tayotgan edi. Birinchi uchrashuvda Argentina termasi "San-Siro" stadionida Kamerun jamoasiga qarshi maydonga tushgandi.

Yovvoyi, jasur, erkin.

Har bir daqiqa o'tgani sayin shu o'yinni ko'ra turib aslida kim ekaningni anglay boshlaysan. Taqdiring allaqachon yozib qo'yilgan. Kamerun gol urdi – jismoniy tomondan senga og'ir va juda qayg'uryapsan. Divandan sakrab turding. Butun ikkinchi taym mobaynida televizor atrofida u yoqdan bu yoqqa yurding. Kamerun termasi 9 kishi bo'lib qolganida, sharhni ham eshitging kelmay qoldi.

O'yin tugashiga besh daqiqa qolganda esa televizor ovozini ham o'chirib qo'yding. Erga o'tirib olgansan, endi esa boshing ham erda. Birozdan so'ng boshingni ko'tarding, televizorga qarading.

Bahs so'ngida esa kamerunlik futbolchilar g'alabani qanday nishonlayotganlarini ko'rding. Ko'chaga otilib chiqding. Ikki bolakay do'sting qarshingda turardi. Hamma baqirardi: "Kamerunni ko'rdingmi? Bahsni tomosha qildingmi?". O'sha kundan ichingda "olov yona boshladi". Kamerun – mavjud mamlakat. Tomas N’Kono ham bor. Sen ham butun dunyoga Buffon tirikligini ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lding. Mana nima uchun sen futbolchi bo'lish yo'lini tanlading. Pul yoki shon-shuhrat uchun emas, balki abadiylik va Tomas N’Kono uslubi tufayli...

Bir narsa yodingda bo'lsin: pul va mashhurlik – maqsad emas. Agar sen qalbing haqida qayg'urmasang, futboldan tashqarida seni ilhomlantiradigan narsalarni izlamasang, u holda nobud bo'lasan. Agar senga maslahat berolganimda qiziquvchan, hamma narsa haqida bilishga, biror narsa o'rganishga intiluvchan inson bo'l degan bo'lardim. Ana o'shanda o'zing va oilangni katta muammolardan qutqargan bo'larding.

Darvozabon bo'lish jasur bo'lish deganidir, bu haqiqat. Lekin dovyurak bo'lish — odobsiz bo'lish degani emas, Jijji. Depressiya vaqtida ajoyib va g'alati voqea sodir bo'ldi. Bir kuni odatiy kun tartibdan uzoqlashishni istading va nonushta qilish uchun boshqa restoranga bording. Turinning yangi ko'chalari bo'ylab, sanat muzeyi tarafdan ketyapsan.

Devorda afisha osilib turardi – SHAGAL. Avval ham bu familiyani eshitgansan. Ammo sanat haqida hech narsani bilmaysan. SHaxsiy ishlaring bor. Ketishing kerak. Sen – Buffonsan. Ammo kim u Buffon? Kim o'zi u? Kimdir uni taniydimi?

Xatimning eng muhim qismi ham aynan shu: muzeyga kirishing shart, shu bugun! Bu narsa butun hayotingni o'zgartirib yuboradi. Agar kirmasang, his-tuyg'ularini hammadan yashiradigan futbolchi bo'lib qolaverasan va qalbing so'nadi. Ammo kirsang SHagalning yuzdan ortiq suratlarini ko'rasan. Lekin ularning juda ko'p qismi yuragingni jumbushga keltirmaydi. U erda yaxshi, qiziqarli va uncha ko'zga tashlanmaydigan rasmlar bor.

Biroq bir suratni ko'rib qolasan va seni xuddi chaqmoq chaqqandek bo'ldi. U "Sayr" deb nomlangandi. U rasmni xuddi yosh bolakay chizganga o'xshardi. Erkak va ayol bog'da edi. Bu sehrli hikoya kabi edi. Ayol osmonga uchib ketayotgandek edi, xuddi farishta misoli. Erkak esa erda turar va uning qo'llaridan mahkam ushlab olgandi: kulib turibdi. Bu tushga o'xshaydi. Go'yoki, bu rasm o'zga dunyodan bir narsani etkazayotgandek. U senga bolakay qanday bo'lishi kerakligini eslatib qo'yadi: baxtli bo'lish naqadar oson ekanini...

Tomas N’Kono to'pni ushlab olganidagi hissiyot...

Buving oshxonadan seni chaqirmoqda....

Qorong'uda televizor ko'rib, duo qilib o'tiribsan....

Yosh o'tgan sari bunday his-tuyg'ularni unutib qo'yamiz. Ertaga muzeyga qaytish lozim. SHart! Kassadagi ayol senga kulib qaraydi va "Siz kecha ham kelgandingiz, shekilli?". Bu muhim emas. Ichkariga kir. Sanat — sen uchun eng yaxshi davo. O'zligingni anlasang, ichki muammolardan butkul halos bo'lasan. Ular suratdagi ayol kabi uchib ketadi. Bu juda g'alati palla. Bazan menga hayotimizdagi burilishlarni kimdir boshqarib turgandek tuyuladi. Ajabtovur va tariflab bo'lmaydigan shunday hodisalar ko'p. 

"Parma"ning yosh futbolchisisan. Bilmasdan bir ish qilib qo'yding, odatdagidek. Muhim o'yin oldidan klubdosh va muxlislarga o'zingni ko'rsatging, etakchi va jasur ekaningni eslatib qo'yging keladi. Qachonlardir maktab partasiga o'yib yozgan so'zingni futbolkangga ham yozishga qaror qilding: "Qo'rqoqlarga o'lim!". Bu sen uchun xuddi ruhlantiruvchi chaqiruvdek edi.

Aynan shu narsa oilangga ko'pgina kulfat keltirgan xatolardan biri bo'ldi. Biroq bunday muammolar muhim, chunki eslatib turadi: sen – insonsan. Xatolar hali hech narsa bilmasliging, o'qishing hamda o'rganishing zarurligini yodingga soladi. Bu yaxshi, sababi futbol noyob ekaniga seni ishontirib bo'lgan. Lekin eng yaqin do'stlaring bo'ladigan bar xodimi yoki elektrikdan sening hech qanday ortiq joying yo'q. Mana nimani tushunib etasan: noyobliging emas, hamma qatori — barcha bilan bir xil ekaningni anlaysan. Ammo 17 yoshli yigitcha buni qaerdan ham tushunsin... Seni ishontirib ayta olamanki, haqiqiy jasurlik – zaif tomonlaridan uyalmaslikdir. Sen bunga loyiqsan, Jijji. Hamma qatori. Yodingda bo'lsin.

Hayotda hamma narsa bir-biri bilan uzviy bog'liq. Ammo sen bu narsalarni tushunishga hali ancha yoshlik qilasan. Butun dunyoga aslida qanday ekaningni erta namoyish etganingdan afsusdaman. 41 yoshingda ham ichingda olov yonib turadi. Ammo sen hali ham mamnun emassan. Buni esa senga aytishdan afsusdaman. Hattoki, Jahon Kubogini qo'lga kiritish ham seni qoniqtirmaydi. Bir mavsumni quruq o'tkazmaguningcha tinchimasang kerak.

Menimcha, sen doimo shunday bo'lgansan...

Qish. Udine, tog' taraflarda yashaydigan amakingning uyiga borganing yodingdami? Yoki bu xotira yoshing o'tgani sari esingga tusha boshlaydimi? 4 yoshda eding, tuni bilan qor yog'gandi. Avval hech ham qorni ko'rmaganding. Uyg'onding, oynadan qarading: hammayoq oppoq. Tungi kiyimda tashqariga yugurib chiqding. Ammo baribir bu nima ekanini ham tushuna olmading. Ammo kutishni istamay, issiq kiyimlarni ham kiymading va o'zingni qorga otding. Buving esa baqirganicha qolib ketdi: "Janluijji!!!! Yo'q! Yo'q! Yo'q!". Belinggacha ho'l bo'lding, ammo yuzingda tabassum bor edi. SHundan so'ng, bir hafta isitmang tushmay, krovatga mixlanib yotding. Lekin senga buning qizig'i yo'q edi.

Sen shundaysan.

Sen – Buffonsan.

Hali butun dunyoga tirik ekaningni ko'rsatib qo'yasan!".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика