Buffon futboldagi ilk qadamini bosgan klubiga qaytmoqchi
13 iyu 2021 01:31
Yangiliklar
Janluiji Buffon oradan 20 yil o'tib, "Parma"ga qaytishi mumkin. Futbol afsonasi aynan ushbu klubda tarbiyalangan.
Hozir "Parma" ijrochi direktori Xaver Ribalta va murabbiy Enco Mareska Buffonni klubga olib kelishga urinmoqda.
Buffonga 2 yillik shartnoma tayyorlab qo'yilgan.
Jiji Buffon A Seriyaning yakuniga etgan mavsumida "Yuventus" uchun 8 o'yinda qatnashib, 5 ta gol o'tkazib yubordi. Uning narxi 1 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar