So’nggi yangiliklar

21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  18 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  44 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1

Bu yilgi Pro-liga va O'zbekiston kubogi formati o'zgaradi Yangiliklar

Bu yilgi Pro-liga va O'zbekiston kubogi formati o'zgaradi

O'zbekiston Superliga bahslari 13 iyundan davom ettirilishi barchaga malum.

Olingan malumotlarga ko'ra, undan keyingi o'rinda turuvchi Pro-liga bahslariga iyun oyi so'nggi kunlarida start beriladi.

Dastlab ushbu liga klublari O'zbekiston kubogi o'tish bosqichida ishtirok etishadi. Ushbu bahslar 23 iyun kuni start olishi kutilmoqda. Yani 8ta klub qura yordami bilan 4ta juftlikka bo'linadi va bitta o'yinda 4ta g'olib aniqlanadi. Bunda qaysi klub mezbon bo'lishini qura hal qiladi. 4ta g'olib jamoa ham bitta o'yin orqali ikki g'olibni aniqlashadi. Aynan o'sha ikki g'olib klub O'zbekiston Kubogi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Guruh bosqichida Superliganing 14ta va Pro-liganing 2ta g'olib klubi ishtirok etadi.

Pro-liga bahslari formatida ham o'zgarish ro'y beradi. 8ta klub uy-safar tizimida ikki davrali musobaqada qatnashishadi. 14ta turdan keyin 1-4-o'rindagi klublar Superligaga chiqish uchun kurashni davom ettirishadi, 5-8-o'rindagi klublar esa Pro-ligada qolish uchun kurashishadi. Bunda 2018 yil Superligada bo'lgani kabi oltin ochkolar bo'lishi nazarda tutilmoqda. 2020 yilgi Pro-liga g'olibi to'g'ridan-to'g'ri Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritsa, ikkinchi o'rinni olgan klub Superligada 13-o'rinni band etgan klubga qarshi pley-off bahsini o'tkazadi.

Bundan tashqari U-18 chempionati davom ettirilmaydi va bu yoshdagi jamoalar o'z hududlaridagi ikkinchi liga musobaqasida ishtirok etishadi.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi Pro-ligada "Neftchi" (Farg'ona), "Istiqlol" (Farg'ona), "Turon" (Yaypan), "SHo'rtan" (G'uzor), "Dinamo" (Samarqand), "Xorazm" (Urganch), "Oq-tepa" (Toshkent) va "Zomin" (Zomin) klublari ishtirok etishadi. Mart oyi boshida Pro-ligaga qura tashlangan biroq o'yinlar sanalari malum emas edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика