"Bu shaxsiy hayotga hurmatsizlikdir". Saloh uyini o'rab olgan muxlislar tufayli masjidga bora olmadi
06 iyu 2019 14:55
Yangiliklar
"Bu shaxsiy hayotga hurmatsizlikdir". Saloh uyini o'rab olgan muxlislar tufayli masjidga bora olmadi
"Liverpul" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning uyini muxlislar o'rab oldi.
"Bazi jurnalistlar va odamlarga nima qilgan o'zi? Boshqa bir odam bayramda ibodat qilish uchun uyidan chiqa olmasa. Buni muhabbatga aloqasi yo'q. Bu shaxsiy hayotga va kasbiy mahoratga bo'lgan hurmatsizlikdir", - deydi 26 yoshli Saloh.
U Ramazon bayramining so'nggi kunida ota-onasining uyiga borgan, yaqinlari bilan ko'rishdi va oilasidagilar bilan kechki namozni ado etish uchun masjidga borishga tayyorgarlik ko'rishgan. Uning yonida esa qo'shni hududlardan kelgan muxlislar paydo bo'lishdi. Natijada esa faqatgina futbolchining xotini, qizi va otasi uydan chiqa olgan.
Fikrlar