So’nggi yangiliklar

15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   1 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  6 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   1 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  14 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1

Bu safargi zarbof to'n Kovshovga bo'ldi Yangiliklar

Bu safargi zarbof to'n Kovshovga bo'ldi

Andijonlik muxlislarni havotirga solayotgan damlar nihoyat o'tib ketdi.

“Burgutlar”ning kelasi yil ham oliy ligada ishtirok etishi rasman aniq bo'ldi. Bu esa tabiiyki mahalliy ishqibozlarni xursand qilmasdan qolmaydi. Andijonda shunday jonkuyar ishqibozlar borki, ular jamoasining muvaffaqiyati uchun ko'p narsadan voz kechishga ham tayyor. Garchi jamoa ayrim vaqtlarda autsayderlar qatoriga tushib qolganida ham andijonlik muxlislar suyukli klubini yolg'izlatib qo'ymadi va har bir uchrashuvda qizg'in-qo'llab quvatlab turdi.

“Yutqazsa ham so'kib-so'kib, kiraveramiz yana” qabilida fikr bildiradiganlarni ham ko'p uchratamiz. Xullas andijonliklar birinchi davradan so'ng elitada qolishni o'ylab qolishdi va buning uchun qanday bo'lmasin vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga urindi. Eng avvalo shuni aytib o'tishni istardikki, davralar oralig'ida qilingan transferlar to'la-to'kis o'zini oqladi. Tursunboy Xusanov va Iqbol Boboxonov ikkinchi davrada himoyada katta yordam berdi va deyarli barcha uchrashuvlarda almashtirishlarsiz o'ynadi.

Yarim himoyada esa Abdulloh Olimovni ham ko'rsatish mumkin. Iqtidorli futbolchi maydon markazi va qanotlarda o'ynab, jamoasining muvaffaqiyatlariga katta hissa qo'shdi. SHuningdek Anvar Berdievning ham o'tishi eng omadlilaridan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Tajribali hujumchi ikkinchi davraning dastlabki o'yinlarida ayrim sabablarga ko'ra jamoaga yordam bera olmadi. Keyinchalik esa hammasi iziga tushdi va Berdiev ketma-ket gollari urib, “Andijon”ning muvaffaqiyatlariga sezilarli darajada ulush qo'sha oldi. 



Berdievning gollaridan rohatlangan andijonlik ashaddiy muxlis Rustamjon aka “So'g'diyona”ga qarshi bahsdan oldin Anvarga zarbof to'n kiydirgan xolda, unga xurmat extirom ko'rsatdi. Bu esa tajribali futbolchining yanada to'lqinlantirib yuborgan bo'lsa ajab emas. Negaki bu kabi rag'batlar har qanday o'yinchiga ruhan o'z tasirini o'tkazadi.
Edgar Gessdan so'ng vaqtinchalik bosh murabbiylik vazifasini bajarishga kirishgan Sergey Kovshov yordamchilari Nozim Mullaoxunov va Vitaliy Legay ko'magi asosida jamoani eng avvalo ruhiy “o'radan” olib chiqib keta oldi. Buning oqibatida natija ham ijobiy tomonga o'zgara boshladi.

Ayniqsa ketma-ket uchta g'alabadan so'ng “burgutlar”ning turnir jadvalidagi ahvoli keskin ravishda o'zgardi va muxlislar biroz bo'lsada havotirni yo'qotdi. Andijonlik ishqibozlarni ayniqsa Farg'onadagi g'alaba juda ham xursand qilib yubordi. Ashaddiy ishqiboz Rustamjon aka kecha “Dinamo”ga qarshi bahs oldidan stadionga yana o'z sovg'asi bilan tashrif buyurdi. Bu safar u endi Kovshovga minnatdorchilik bildirgan xolda, zarbof to'nni aynan Sergey Gennadevichga kiydirdi. Muxlislar ishonchini oqlagani uchun murabbiyga tashakkur izhor ayladi. 



Darvoqe, kechagi o'yin yakuniga etib borayotganida, aniqrog'i hisob tenglashgach, stadionga kelgan ashaddiy ishqibozlar “Dinamo”ni olib qoldik” deya jo'r bo'lib hayqirdi...

Islombek Rustambekov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика