So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  5 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Bu qiziq. Lyubomir Feysa 8 yilda 9 marta chempion bo'ldi! Yangiliklar

Bu qiziq. Lyubomir Feysa 8 yilda 9 marta chempion bo'ldi!

1988 yilda sobiq Yugoslaviyada tug'ilgan himoyachi Lyubomir Feysa haqida ko'pchilik eshitmagani bor gap.

Biroq Serbiya terma jamoasi azosi 2009 yildan buyon qaysi klubda o'ynasa o'sha chempion bo'lmoqda.

2008 yil Serbiyaning "Partizan" klubi bilan shartnoma tuzgan Feysa bu jamoa safida ketma-ket uch yil (2009, 2010, 2011) davomida chempion bo'ldi.


SHundan keyin futbolchi faoliyatini Greciyaning "Olimpiakos" klubida daovm ettirdi. Bu klubda ham ketma-ket uch bor (2012, 2013 va 2014) mamlakat chempioni bo'lishga erishdi.



2013 yil avgust oyida Portugaliyaning "Benfika" klubiga ko'chib o'tgan Feysa Lissabonda ham uch yil (2014, 2015 va 2016) chempionlik kubogini boshi uzra ko'tardi.

Yuqorida 2014 yilda u ham "Olimpiakos", ham "Benfika" klubida chempion bo'lgani haqida yozdik. Yo'q bu xato emas. Gap shundaki Lyubomir 2013/2014 yilgi mavsumda Greciya chempionatining birinchi turida maydonga tushgan va shundan so'ng Portugaliyaga yo'l olgan. SHu bois unga ham Greciya, ham Portugaliya chempionligi medali taqdim etilgan.



SHu tariqa, serbiyalik himoyachi oxirgi 8 yil ichida 9 marta chempion bo'ldi!

Bu chempionliklardan tashqari Feysa hisobida 2ta Serbiya kubogi, 2ta Greciya kubogi, bitta Portugaliya kubogi, 3ta Portugaliya liga kubogi va bitta Portugaliya Superkubogi ham mavjud. 2008 yildan buyon futbolchi 18ta sovrinni qo'lga kiritdi.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика