So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Bu qiziq! Kim buni yana uddalaydi: "Barselona" yoki "Ayaks"? Yangiliklar

Bu qiziq! Kim buni yana uddalaydi: "Barselona" yoki "Ayaks"?

Futbol tarixida jamoalar 8 marotaba "oltin xet-trik", yani trebl qayd etishgan.

Joriy mavsum to'qqizinchi marotaba "oltin xet-trik" rasmiylashtirilishini ko'ramizmi?

Ayni paytda Evropada faqatgina ikkita jamoada mazkur imkoniyat saqlanib qolgan. Bu jamoalar ECHL yarim finalining dastlabki o'yinlarida g'alaba qozongan "Barselona" va "Ayaks".

Qizig'i, mazkur jamoalar avval ham "oltin xet-trik" qayd etishgan. "Barselona" ikki bor treblga erishgan bo'lsa, "Ayaks" 1972 yili uchta frontda g'olib chiqqan.

Trebl qayd etgan jamoalar ro'yxati:

1966/67: "Seltik"*

1971/72: "Ayaks" 

1987/88: PSV

1998/99: "Manchester Yunayted"

2008/09: "Barselona"

2009/10: "Inter"

2012/13: "Bavariya"

2014/15: "Barselona"


Trebl qayd etish imkoniyatiga ega jamoalarning uchta frontdagi holati:

"Ayaks"

Evropa CHempionlar ligasi: yarim final, "Tottenxem"ga qarshi (birinchi uchrashuvda mehmonda g'alaba qozondi 1:0, javob o'yini 8 may, uyda)

Gollandiya chempionati: 1-o'rin, PSV bilan teng ochko

Gollandiya Kubogi: final, "Villem" jamoasi bilan. O'yin 5 may kuni o'tkaziladi (Rotterdam)

"Barselona"

Evropa CHempionlar ligasi: yarim final, "Liverpul" (birinchi o'yinda yirik g'alaba 3:0, javob uchrashuvi 7 may kuni - mehmonda)

La Liga: chempion

Ispaniya Kubogi: final, "Valensiya" bilan 25 may kuni o'tkaziladi


* Liga Kubogi musobaqa malum chempionatlarda o'tkaziladi. Kuchli-beshlik chempionatlari ichidan Angliyada. "Seltik" 1966/67 yilgi mavsumda SHotlandiyada chempion, kubok sohibi va liga kubogiga egalik qilgan va Evropa chempionlar kubogida zafar quchib,  futbol tarixida "oltin poker" qayd etgan yagona jamoaga aylandi.

"Oltin xet-trik", yani trebl qayd etish uchun milliy chempionat, mamlakat kubogi va evrokubokda g'olib chiqish talab etiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика