

Yevropa chempionlar ligasining guruh bosqichidagi 26ta yo'llanmani jamoalar to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritadi.
Guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqadiganlar: YCHL g'olibi, UEFA Yevropa ligasi g'olibi, Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniya chempionatlaridagi dastlabki to'rtta o'yinni qo'lga kiritgan jamoalar, Fransiya va Rossiya chempionatidagi g'olib va vice-chempion jamoalar, shuningdek, Portugaliya, Ukraina, Belgiya hamda Turkiya chempionlari.
YCHL 2019/20 guruh bosqichiga chiqqan jamoalar onlayn rejimda:
Ispaniya: "Barselona", "Atletiko", "Real", "Xetafe"
Angliya: "Liverpul", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Arsenal"
Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Inter", "Milan"
Germaniya: "Borussiya" Dortmund, "Bavariya", "Borussiya" Menxengladbax, "RB Leyptsig"
Fransiya: "PSJ", "Lill"
Rossiya: "Zenit", "Krasnodar"
Portugaliya: "Portu"
Ukraina: "Shaxter"
Belgiya: "Genk"
Turkiya: "Istanbul Bashakshexir"
YCHL guruh bosqichiga chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g'oliblari ham ishtirok etishadi. Qolgan 6 yo'llanma kvalifikaciya raundida o'ynaladi.
Qiziq faktlar:
• YCHLning joriy mavsumdagi nimchorak finalida o'ynayotgan jamoalar orasidan "Ayaks", "Lion", "Manchester Yunayted", "Roma" va "Shalke" hozirgi onlayn jadvalda kelasi mavsumdagi YCHLdan mosuvo qolmoqda.
• "Xetafe" mavsum yakuniga qadar La Ligadagi hozirgi o'rnidan pastlamasa, unda jamoa kelasi mavsumda YCHLda debyut qilish imkoniyatini qo'lga kiritadi. Qayd etish kerakki, "Xetafe" hali biror marotaba YCHLda o'ynamagan va xattoki mazkur musobaqaning saralash bosqichida ham ishtirok etmagan. "Xetafe" faqatgina Yevropa ligasida so'nggi bor 2010/11 yilgi mavsumda o'ynash huquqiga ega bo'lgandi.
• Rossiya va Turkiya chempionatida 1-2 o'rinlarda borayotgan "Krasnodar" hamda "Istanbul Bashakshexir" mavsum yakuniga qadar hozirgi egallab turgan pog'onalaridan tushib ketishmasa, unda kelasi mavsumda mazkur jamoalar YCHLda debyut qilishadi.
• "Milan" esa A Seriyada to'rtinchi o'rindan pastga tushmasa, unda jamoa 2013/14 yilgi mavsumdan keyin ilk bor YCHL o'ynash huquqiga ega bo'ladi.



