Bu qiziq. BAA - Malayziya 10:0 uchrashuvida mehmonlar safida uchta darvozabon o'ynadi
06 sen 2015 20:03
Yangiliklar


Bu qiziq. BAA - Malayziya 10:0 uchrashuvida mehmonlar safida uchta darvozabon o'ynadi
Uchrashuvda qiziqarli vaziyat ro'y berdi. SHuni kuni Malayziya terma jamoasi safida 3 nafar darvozabon harakat qildi. O'yinni asosiy tarkibda Xayrul Fahmi boshladi. Biroq 29-daqiqaga qadar 5ta gol o'tkazib yuborgach bosh murabbiy uning o'rniga Muhammad Zamir Bin Selamatni tushirdi. Ikkinchi posbon 33 va 39-daqiqalarda to'p o'tkazib yubordi. Bosh murabbiy 62-daqiqada uni ham almashitirishga qaror qilib uning o'rniga Xayirulazan Bin Mohd Xolidni tushirdi. Uchinchi darvozabon 3ta gol o'tkazib yubordi.
BAA - Malayziya 10:0
Gollar: 1:0 – 16 Muhanad Salim, 2:0 – 22 Ali Mabxut, 3:0 – 24 Ahmad Halil, 4:0 – 25 Habib Fardan, 5:0 – 29 Ahmad Halil, 6:0 – 33 Ali Mabxut, 7:0 – 37 Muhammad Ahmad, 8:0 – 71 Ahmad Halil, 9:0 – 75 Ali Mabxut, 10:0 – 78 Ahmad Halil.
Eslatib o'tamiz, ushbu sharmandali mag'lubiyatdan so'ng Malayziya terma jamoasi ustozi Dollah Bin Saloh barcha aybni o'z bo'yniga olib istefoga chiqdi.
Xayrul Fahmi
Muhammad Zamir Bin Selamat
Xayirulazan Bin Mohd Xolid
O’xshash yangiliklar

Fikrlar