So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

Bu qiziq! Angliyadagi klub bir o'yindan atigi 3 funt foyda qildi Yangiliklar

Bu qiziq! Angliyadagi klub bir o'yindan atigi 3 funt foyda qildi

"Akkrington Stenli" klubi Angliya Kubogi 2-raundi doirasidagi "Barnet"ga qarshi o'yindagi moliyaviy hisobotlarni taqdim qildi.

Unga ko'ra, klub atigi 2,99 funt foyda ko'rgan. Bahsga 1603 muxlis tashrif buyurgan va ulardan 11,726 funt pul ishlangan. QQS bilan bu summa 9,771 funtga tushgan. SHu summaning 4,154 funti styuardlarga to'langan bo'lsa, 75 funt projektorlarga, 400 funt tibbiy xizmatga yo'naltirilgan.

Angliya Kubogi qoidalariga ko'ra, mehmon klub mezbon tomondan mehmonxona va yo'l uchun ishlatilgan pullarni undirishga haqqi bor. "Barnet" shunday qilgan va 2,300 funt yo'l uchun, 2826 funt mehmonxona uchun so'ragan.

SHu orqali chiptalardan tushgan mablag' 5,99 funtni tashkil qilgan, ammo bu yakun emas. Angliya Kubogining 3-raundiga qadar chiptadan tushadigan sof foyda ikki klub o'rtasida teng bo'linadi. SHu orqali "Akkrington Stenli"ning bir o'yindan foydasi 2,99 funtni tashkil qildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика