So’nggi yangiliklar

14:48Элит ОЧЛ. "Ал Гарафа" - "Пахтакор" учрашувини Алиризо Фағони бошчилигидаги бригада бошқариб боради  2 14:27⚡️"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановни Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичи учун қайдномага киритди   35 13:23Бугун Аббосбек Файзуллаев ва ЦСКА "Зенит"га қарши майдонга тушади  3 12:51"Манчестер Сити" қишки трансферларга 212 миллион евро ишлатди - бу тарихдаги иккинчи натижа  43 12:24Россия терма жамоаси собиқ аъзоси: "Россия ОФК таркибига ўтмаслиги керак — биз Европанинг бир бўлагимиз. У ерда нима қиламиз?"  15 11:54Маркус Рэшфорд: "Оптимал спорт формамга қайтиш учун АПЛда яхши ўринни эгаллаб турган ва ЕЧЛда иштирок этаётган клубга ўтдим"  8 11:29"Иккинчи ёшлигини" ўтказаётган Криштиану Роналду ҳақида  23 10:40Расман: "Ренн" Иордания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  27 10:21Расман: ОКМК "Локомотив" футболчиси билан шартнома имзолади  8 09:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   65 09:05Расман: "Хоразм" икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 08:35Анзур Исмоилов Абдуқодир Ҳусанов ҳақида: "Манчестер Сити"га мослашиш ва дебют ўйинда "Челси"га қарши ўйнаш ҳамма ўйлагандек осон жараён эмас"  10 08:05"Ал Гарафа" устози Педро Мартинс: "Мазкур ўйин учун стратегиямиз мавжуд"   2 07:35Элит ОЧЛ. "Пахтакор" бугун Қатарда "Ал Гарафа" билан ўйнайди  13 03:15Бир ой олдин Винисиусга қизил карточка кўрсатган ҳакам "Реал" - "Атлетико" баҳсига тайинлов олди  76

Bu maqolani o'qisangiz De Bryuynega hurmatingiz yana bir necha karra oshadi! Yangiliklar

Bu maqolani o'qisangiz De Bryuynega hurmatingiz yana bir necha karra oshadi!

Belgiya musobaqani tark etishi bilanoq, De Bryuyne etiborga arzirli fikrlarini bildirib o'tdi.

"So'nggi besh hafta men uchun juda kutilmagan bo'ldi. Avval boshida CHempionlar ligasi finalida jarohat oldim, keyin Portugaliyaga qarshi bahsda yana jarohat... SHifokorlarga rahmat aytishim kerak, ular sabab yana maydonga qaytdim, mo'jiza yuz berdi. To'pig'imdan jiddiy jarohat olgandim – paylarim uzilgandi. Lekin ich-ichimdan terma jamoam uchun o'ynashim kerakligini his qilardim. Ko'prog'iga erisholmaganimizdan afsusdaman".

Mantiqsiz tuyuladi. Lekin bu so'zlar Evroda Kevin bilan nima sodir bo'lganini tushunishga yordam berishi mumkin. Keling, avvalidan boshlaymiz.

• 29 may kuni CHempionlar ligasi finalidagi "CHelsi"ga qarshi bahs davomida De Bryuyne burun suyagi va chap ko'zidan zarba qabul qilib oldi. Bu uning Evropa chempionatiga tayyorgarligiga ham jiddiy tasir qilmay qolmadi: futbolchilar mashg'ulot bazasiga 1 iyundan boshlab yig'ilishgan bo'lsa, Kevin terma jamoaga 7 iyunda etib keldi. Umumiy mashg'ulotlarga qo'shilmay, alohida shug'ullanib, tiklanishni davom ettirdi. Hatto Rossiyaga qarshi o'yinga uchishga ruhsat berishmadi: futbolchining organizmi samolyotdagi bosimga teskari reakciya ko'rsatishi mumkin edi, bu esa tiklanishni yanada sekinlatardi. Bir haftadan keyingina De Bryuyne umumiy mashg'ulotlarga qo'shila oldi.

• Uch kunlik mukammal bo'lmagan tayyorgarlikdan so'ng Kevin yana maydonga qaytdi: Daniyaga qarshi kechgan murakkab o'yinning ikkinchi bo'limida Roberto Martines De Bryuyneni o'yinga tashladi va u o'z goli va assisti evaziga voqealar suratini o'zgartirib yubordi.

• Yana bir muhim faktor: Kevin maydonda himoya niqobisiz harakatlandi – sog'liq uchun katta va jiddiy tavakkal, ammo o'yinda futbolchiga katta plyus. "Niqob De Bryuynega halaqit beradi, deb o'yladik. Ahir u doim maydonning har bir nuqtasini kuzatishga odatlangan – bu Kevin o'ynining muhim jihatlaridan biri", – deydi uning otasi.

Endi Daniyaga qarshi o'yinda nima bo'lganini ko'raylik:



Torgan Azarga uzatgan passidan oldin De Bryuyne 8 sekund ichida kamida 10 marotaba turli tomonlarga qaradi: besh marta – to'pga, besh marta – sherigiga. Kevindan bu haqida so'rashganida u shunchaki kuldi va "Ha to'g'ri, men ham noto'g'ri qarorlar chiqarib turaman. SHunchaki maydondagi futbolchilar joylashuvi haqida ko'proq bilib olishni va sheriklarimning fikrini o'qishni xohlagandim. Men boshqacha uslubga o'rganib qolganman. "Siti"da Sterling bo'sh hudud izlaydi, bu erda esa to'pni Eden Azarning oyog'iga tashlash kerak, chunki u shuni maqul ko'radi".

• De Bryuyne Daniya darvozasiga urgan golini nishonlamadi. "Eriksen bilan bo'lgan voqea fonida bu noto'g'ri bo'lar edi", – deb qarorini izohladi.



• Daniyaga qarshi o'yindan so'ng futbolchi hali jarohatdan to'liq forig' bo'lmaganini, bu yarim yil vaqt olishini aytdi: "Yuzimning chap tomonini deyarli sezmayapman. O'zimni huddi stomatolog qabulidagidek his qilyapman. Jahlimni chiqargani – tiklanish olti oyga cho'zilishi mumkin ekan. Bu juda noqulay, ammo eng muhimi – men o'ynay olaman. To'g'ri, bazida havodagi kurashlarda qatnashishdan qo'rqyapman. So'nggi ikki oy mobaynida kichik travmalarni boshdan o'tkazdim, shu uchun bu borada biroz tanaffus qilishim kerak. Lekin maksimal ravishda harakat qilib, tezroq safga qaytishga harakat qilaman. Murabbiy bilan kelishib olgandik: Daniyaga qarshi o'yinda maydonga ikkinchi bo'limda tushaman, uyog'iga sharoit taqozo etgancha qaror chiqaramiz. 90 daqiqa harakatlanishga tayyormanmi? Hozircha bilmayman".

• Tayyor bo'lib chiqdi. Finlandiyaga qarshi o'yinda to'liq harakat qildi va Lukakuga golli uzatma amalga oshirdi. Bor-yo'g'i uch bo'lim mobaynida maydonda o'ynagan bo'lsa ham, golli vaziyatlar yaratish bo'yicha musobaqa etakchisiga aylanib oldi (9). Portugaliyaga qarshi o'yinning yarmini o'tkazib yuborganiga qaramay, chorakfinal bosqichida ham etakchilikni saqlab tura oldi (13).

"Agar De Bryuyneni bir so'z bilan tasvirlab berish kerak bo'lsa, bu so'z, albatta, "sifat" bo'ladi. U har bir harakatni sifatli bajaradi", – fikr bildirdi Tobi Alderveyreld yuqoridagi statistikaga munosabat bildirarkan.

• Portugaliya bilan o'yinda nima yuz berganini hamma ko'rdi. Palinyaning podkati, zahiraga olinish, mashg'ulotlarsiz bir necha kun – shu bilan birga Kevin kuniga uch mahal fizioterapevt huzuriga qatnadi.



"O'ynay oladimi yoki yo'q, buni bilish uchun oxirgi daqiqagacha kutamiz. Hozir birnima deyishga erta", – dedi Roberto Martines Italiyaga karshi o'yin boshlanishidan bir kun oldin.

"Ehtimol, to'pig'ini bog'lab o'ynay oladi. Agar vaziyat keskinlashsa, ukol qabul qilishi mumkin. Havf ko'p emas, ammo og'riq qaytalanishi mumkin", – takidladi belgiyalik shifokorlardan biri.

• Kevin Italiyaga qarshi 90 daqiqa o'ynadi, ammo Belgiyani qutqarolmadi (1:2). O'yindan so'ng Italiya nomiga iliq fikrlar bildirdi: "Yuqori darajadagi jamoa bilan o'ynadik. Raqiblar birinchi bo'limda bizdan yaxshiroq harakat qildi. Ikkinchi bo'limda esa biz ko'proq vaziyatlar yaratgandik, ammo hisobni tenglashtirish qo'limizdan kelmadi".

Umuman olganda, Belgiya terma jamoasi shtabidagilar va De Bryuynening o'zi ham mavjud yuzaga kelishi mumkin bo'lgan havflarni oldindan bilib turganlar – katta ehtimol bilan, futbolchining maydonga tushishi murabbiy, shifokorlar va futbolchi o'rtasida kelishib, hal qilingan qaror. Agar biror og'riq yoki havf tug'ilganida, Kevin o'sha zahotiyoq almashtirilgan bo'lardi.

De Bryuyne Belgiya terma jamoasi uchun juda muhim futbolchi ekani shu joyda sezildi.


Abduqahhor Qosimov tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика