So’nggi yangiliklar

21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  47 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0

Bu ketishda Argentina JCH-2018ni yuta olmaydi Yangiliklar

Bu ketishda Argentina JCH-2018ni yuta olmaydi

Teglar :  ArgentinaLeo Messi
Vaqt juda kam, Sampaoli vaziyatni to'g'rilashi kerak.

"Argentinaga qarshi uchrashuv futbol tariximizdagi eng yaxshi uchrashuvlarimizdan biri bo'ldi. SHunday chiroyli stadion bizga katta ishtiyoq berdi", - dedi Xulen Lopetegi o'yindan keyin.

U uchrashuvgacha Leo Messining tizzasida jarohati borligini bilardi, biroq Ispaniya kataloniyalik daho maydonga tushganida ham shunday o'ynagan bo'lardi. Balkim Messi jarohati bilan hech bo'lmasam 45 daqiqa yugurib bera olardi, biroq uning jarohati yanada og'irlashardi. Xo'sh, kechagi o'yin orqali termaning qaysi futbolchisi JCHda karomat ko'rsata olishini isbotlay oldimi?

Bunday holatda Sampaoli Leo Messini o'rnini bosadigan Paulo Dibalaga murojaat etishi kerak edi. Albatta, ko'pchilik murabbiylar Dibalani o'z tarkibida ko'rishni xohlashadi. Biroq Sampaoli Messi yo'q bo'lsa-da, Dibalani umuman qaydnomaga ham kiritmadi.

Argentina Messisiz ikki o'yin o'tkazdi, qaysidir manoda etakchisiz o'yin sifati qanday ekanligini ko'rsatib berdi. Murabbiy Messining o'rniga Lo Selsoni maydonga tushirdi. U yaxshi o'ynadi, juda faol bo'ldi, biroq baribir Leo darajasida emas. Ispaniyaga qarshi o'yin Sampaoli xohlagandek o'tmadi.

Xorxe tezroq bir jihatni aniqlab olishi kerak: Argentina Messiga tayanib o'ynaydi yoki Messi Argentinaga tayanadi. Milliy termada Leoning o'rnini bosadigan futbolchi yo'q. Biroq jamoa maksimal darajada o'ynasa, natija bo'lishi mumkin. Aks holda Messisiz terma yuqori maqsadlarni ko'zlay olmaydi.

Ispaniya bilan uchrashuvda janubiy amerikaliklarga kreativlik etishmadi. Lo Selso haqiqatdan ham qattiq harakat qildi, biroq unga vaziyatlarda ayyorlik etishmadi. Lopetegi Sampaolining har bir fishkalarini yaxshilab o'rganib chiqqanligi ko'rindi. Bu orqali u raqib jamoaning barcha mehnatlarini chippakka chiqardi. Manchesterning ikki katta jamoalari himoyachilari Otamendi va Roxo esa o'yin davomida juda ko'p xato qildi.

Argentina Ispaniya fonida juda zaif jamoa ekanligi ko'rinib qoldi, Messi o'ynagan taqdirda terma mag'lubiyatdan qutulib qola olmasdi. Madridda antirekordning takrorlanishida Messining hech qanday aybi yo'q. Usiz terma hech nimaga qodir emasligi, murabbiy esa bunday uchrashuvlarda jamoani oldinga etaklay olmasligi ko'rinib qoldi. Balkim bu o'rtoqlik uchrashuvidir. Lekin barchasiga tayyor bo'lish kerak edi.

Messisiz Argentina va Ronaldusiz Portugaliyaning o'rtasida katta farq bor. Ronaldusiz Portugaliya deganda barcha Evro-2016ning final uchrashuvini eslaydi. O'shanda Payetning to'pga tashlanishidan keyin Ronaldu jarohat olgani, ko'zida yosh bilan maydonni tark etgani... O'shandan keyin ham terma yaxshi o'ynay oldi va g'alaba qozondi. SHunchaki, Portugaliya Ronaldusiz ham o'yinda yuta olishini ko'rsatib bergandi.

Ko'rdingiz-a, Argentina Ispaniyaning hujumlarini, zarbalarini qaytarishga ojizlik qildi. Oltinchi gol o'tkazib yuborilganidan keyin ularning o'yinini kuzatish juda qiyin bo'ldi. Biroq ular hech nima yo'qotmayotgandek o'ynayverishdi.

Leo jamoani birlashtira oladi, terma u bilan dunyoning barcha termalari bilan yaxshi o'yin ko'rsatadi. Etibor bering, termaning hujumkor futbolchilari qanchalik ko'p. Iguain, Di Mariya, Aguero, Banega, Pastore, Dibalasi bor terma jamoa natijani kafolatlamadi. Messidan keyingi avlodda kim etakchilikni o'z qo'liga oladi? Labbay, deydigan futbolchilar yo'q. Agar shu ketish bo'lsa, Leo JCH-2018ni yuta olmaydi. To'g'ri, Argentina jahon chempioni bo'la olmasa osmon uzilib erga tushmaydi. Biroq biz ham bir buyuk afsonaning faoliyati yakuni tragik bo'lishini istamaymiz.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика