So’nggi yangiliklar

16:28U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдошлари Эрон ва Индонезия ўзаро баҳс олиб бормоқда, Иордания Саудия Арабистони синовидан ўтмоқда  0 16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  80 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  2 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  5 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  2 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1 13:21Ўзбекистон стадионга етиб келди!  4 12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  3 12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  8 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  6 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  3 10:59U-20 Осиё кубоги олдидан. Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бу ёшдаги жамоа кўп нарсага қодир, улар чемпионликни ҳимоя қила олади"  1

Bu hikoya hali tugamadi (fotomaqola) Yangiliklar

Bu hikoya hali tugamadi (fotomaqola)

O'zbekiston mezbonlik qilgan katta turnir ortda qoldi.

Quyida Timur Kapadze boshchiligidagi yigitlarimizning musobaqadagi ishtirokiga nazar solamiz.

   Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Olimpiyachilarimizning yakuniy tarkibi 28 may oqshomida elon qilindi. "Nijniy Novgorod" himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshev kichik jarohati tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Osiyo Kubogining ochilish marosimi "Paxtakor" stadionida o'tkazildi.

Birinchi o'yinda Turkmaniston mag'lub qilindi.

Uchrashuv taqdirini "Neftchi" hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning yagona goli hal qildi.

Yigitlarimiz 2-turda dastlabkisidan farqli ravishda gollar shousini uyushtirishdi.

Qatar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan "oq bo'rilar" barchani jim bo'lishga majbur qilishdi.

O'zbekiston 2-turdayoq guruhda birinchi o'rinni naqd qildi.

Gollar bu marhum olimpiyachimiz Diyor Rahimqulovning xotirasiga bag'ishlandi.

3-tur Qarshida o'tdi. 

Mazkur bahsda kuch tejagan jamoamiz durang bilan kifoyalandi.

Bizni engolmagan forslar esa guruhda qolib ketdi.

Pley-offda bizni iroqliklar kutib turardi.

CHorak finaldan oldin Ibrohim Ibragimov ("Metallurg") safdan chiqqan bo'lsa...

... uchrashuv avvalidagi qo'pollik uchun Abduvohid Nematov ("Nasaf") ham turnir oxiriga qadar chetlatildi.

SHu kuni barchasi raqib foydasiga ishlayotgan edi. Biroq, bizning qorako'zlar iroda ko'rsatishdi.

Bir kishi kam bo'lib qolgan O'zbekiston Iroqni penaltilar seriyasida mag'lub qildi.

Jamoamiz yarim finalga muxlislarsiz yo'l oldi. OFK "Paxtakor"da "toshbo'ron" namoyish qilgan ishqibozlarni bir o'yinga chetlatdi.

Lekin chinakam ishqibozlar jamoamizni Yaponiya bilan o'yin chog'ida ham yolg'izlatib qo'yishmadi. "Bunyodkor" stadioni avtoturargohida o'rnatilgan monitor qarshisida 20 mingga yaqin muxlis to'plandi

Uchrashuv ham O'zbekiston foydasiga hal bo'ldi.

Jaloliddinov bilan Norchaevning gollari bizni finalga olib chiqdi.

Turnirning so'nggi bahsiga ham "Bunyodkor" mezbonlik qildi.

Afsuski, saudiyaliklarning tarkibi bizdan kattaroq, bizdan tajribaliroq va kuchliroq edi. Kubokka yaqin keldik, ammo zafar yana ularning tomonida bo'ldi.

Finalda yutqazib qo'ygan jamoani minglab muxlislar tik turgancha olqishlashdi. CHunki ular bilishadi. Bu hali boshlanishi. Bu murabbiy, bu futbolchilar o'zbek futboliga hali kattaroq sovrinlarni yutib berishadi. Millionlab yurtdoshlarimizni shunga ishontira olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" klubi tarkibidagi barchaga tashakkur aytamiz.

Jasur Jaloliddinov mag'lubiyatdan keyin o'zbekligi bilan faxrlanishini aytib, katta g'alabalarga vada berdi. Bugun bir narsa malum bo'ldi. Xalq ham sizlar bilan faxrlanadi...

Hali hammasi oldinda. Bu hikoyaning davomi, albatta, bo'ladi. Hozircha Kapadze va uning shogirdlariga rahmat aytish bilan cheklanamiz...

muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling → "Futbol analizi"

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика