Bryus - MYUga qarshi o'yindan oldin: "Istalgan paytda Fergyusondan maslahat olaman"
06 okt 2019 12:55
Yangiliklar


Bryus - MYUga qarshi o'yindan oldin: "Istalgan paytda Fergyusondan maslahat olaman"
"Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryus "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyusonni maqtab o'tdi.
"U bilan bir necha bora gaplashdim. Unga istalgan paytda qo'ng'iroq qilib, ajoyib maslahatlar olish mumkin. U nafaqat men, balki barcha murabbiylar uchun shunchaki tengi yo'q inson. Agarda yordam kerak bo'lsa, u doimo yonimizda bo'ladi", - dedi Bryus.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar