Brunu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida: “Maqsadim unga to'pni oshirish edi va Krishtianu gol urgandek tuyuldi”
29 noy 2022 08:55
Yangiliklar


Brunu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida: “Maqsadim unga to'pni oshirish edi va Krishtianu gol urgandek tuyuldi”
JCH-2022 guruh bosqich 2-turida Urugvay ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin o'yin qahramoniga aylangan Portugaliya TJ etakchisi Brunu Fernandesh o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bu bizning jamoamiz, birdamligimiz, borimizni berishimiz va o'zaro bir-birimizni qo'llashimiz. Bularning barchasi bizga shunday natijalarga erishish imkonini beradi.
Golni xuddi Krishtianuga tegishlidek (birinchi gol haqida) nishonladim, u to'pga tegingandek tuyuldi. Maqsadim unga to'pni oshirish edi, ammo kim gol ursa ham, bu jamoaga g'alaba keltirganidan xursandmiz.
Krishtianu – hujumchi, u gollar izlaydi, bu yuqori cho'qqilar uchun muhim, ammo eng asosiysi keyingi bosqichdamiz”, deydi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar