Brunu Fernandesh APLda oy o'yinchisi deb topildi
10 iyu 2020 16:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580194_original.jpg)
![](/upload/storage/580194_220.jpg)
Brunu Fernandesh APLda oy o'yinchisi deb topildi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh APLning iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Portugaliyalik futbolchi o'tgan oyda o'tkazilgan 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.
25 yoshli o'yinchi bu sovrinni ketma-ket ikkinchi bor qo'lga kiritdi. Oldinroq bu ishni Muhammad Salah, Jeymi Vardi, Xarri Keyn, Krishtianu Ronaldu, Dennis Bergkamp va Robbi Faulerlar ham uddalashgan.
Iyun oyidagi ushbu sovrin uchun hujumchi Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), himoyachi Konor Koudi ("Vulverxempton"), forvard Raul Ximenes ("Vulverxempton"), yarim himoyachilar Allan Sen-Maksimen ("Nyukasl") va hujumchi Denni Ingz ("Sautgempton")lar ham davogarlik qilishgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar