So’nggi yangiliklar

00:04А Серия. "Ювентус" "Милан"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди  0 23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  5 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  1 23:10Бундеслига. "Бавария" ва "Вольфсбург" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, "Лейпциг" камбэк сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  1 22:22Ла Лига. Гризманн 90-дақиқада пенальтидан фойдалана олмади ва "Атлетико" "Леганес"га мағлуб бўлди, жамоа бунгача барча мусобақаларда 15та ўйинда ғалаба қозонганди  15 22:16АПЛ. "Ливерпуль" Нуньеснинг 90+1 ва 90+3 дақиқадаги голлари эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  15 21:33"Арсенал" — "Астон Вилла". Таркиблар маълум  4 21:10"Ювентус" — "Милан". Таркиблар маълум  17 20:56Лига 1. "Ланс" ўз уйида ПСЖни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  8 20:26"Милан" ва Уокер шартнома бўйича келишувга эришди. "Ман Сити" у билан келишувни бекор қилмаслиги, балки харид қилиш ҳуқуқи билан ижарага юбориши мумкин  2 19:54"Андижон" черногориялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  11 19:33АПЛ. Кетма-кет 9та ўйинда ғалаба қозонган "Ньюкасл" ўз уйида йирик мағлубиятга учради  11 19:28Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси "Бунёдкор" U21ни мағлуб этди  0 19:09АПЛ. "Брентфорд" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  4

Bruno Garsiya: “O'zbekiston Panamani mag'lub etganda keyingi bosqichga chiqardi” Yangiliklar

Bruno Garsiya: “O'zbekiston Panamani mag'lub etganda keyingi bosqichga chiqardi”

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati Toshkentda bo'lib o'tganidan xabaringiz bor.
Ushbu musobaqada Vetnam terma jamoasi to'rtinchi o'rinni egallab Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan mundialga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Ayni damda Vetnam terma jamoasi o'z guruhida uchinchi o'rinni egalladi. Barcha guruhlarda to'rtta eng yaxshi uchinchi o'rinni egallagan terma jamoalar “pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Vetnam mana shu yo'llanmadan birini qo'lga kiritdi va keyingi bosqichda Rossiya terma jamoasi bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvdan oldin Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Bruno Garsiya ijtimoiy tarmoq orqali O'zbekiston hamda Vetnam terma jamoalari ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.

“Avvalam bor O'zbekiston terma jamoasi haqida gapiradigan bo'lsam, ilk uchrashuvda Panama terma jamoasini mag'lub etishlari kerak edi. Ushbu o'yin terma jamoangiz uchun muhim uchrashuv edi. Ochig'ini aytsam, o'sha uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi nima sababdan mag'lub bo'lganini bilmayman. Lekin, Kolumbiya terma jamoasiga qarshi juda ham kuchli o'yin ko'rsatishdi va 1 ochkoni qo'lga kiritishdi. Agarda O'zbekiston terma jamoasi Panamani mag'lubiyatga uchratganda “pley-off” bosqichiga chiqqan bo'lar edi. O'z guruhimizdagi uchrashuvlar haqida gapiradigan bo'lsam, guruhdagi eng qiyin o'yinimiz Italiya terma jamoasiga qarshi kechdi. Italiya bizdan kuchli edi. Afsuski ushbu o'yinda biz mag'lub bo'ldik.  Biz eng yaxshi uchinchi o'rinni egallagan to'rt jamoadan biri bo'lib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik. “Pley-off” bosqichida Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boramiz”, - deydi Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Bruno Garsiya.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика