So’nggi yangiliklar

12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  0 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  13 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  10 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  20 02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  2

Britaniyalik oficer - Devid Bekxem haqida Yangiliklar

Britaniyalik oficer - Devid Bekxem haqida

Bugun Angliya futbolining afsonalaridan biri Devid Bekxem hamda malumotlar berib o'tamiz.

Devid Bekxem (ingl. David Robert Joseph Beckham. 1975 yilning 2 may kunida Angliyaning London shahrida tug'ilgan. Yarim himoyachi. Faoliyati davomida Manchester Yunayted, Preston Nort End, Real Madrid, Milan, Los-Anjeles Gelaksi va Pari Sen-Jermen kabi jamoalarda o'ynagan. Angliya terma jamoasi sharafini ko'p yillar davomida himoya qilgan. Uning o'yinlarini tomosha qilganlar jarima to'plarini qay tarzda qoyilmaqom amalga oshirishidan xabardorlar. 2011 yilda u dunyoning eng ko'p daromad topadigan futbolchisi hisoblanardi.

Bekxemning futbolchilik faoliyati 1992 yilda (17 yoshligida) "Manchester Yunayted" safida debyut qilish orqali boshlangan. Devid MYU bilan APLda 6 marta chempionlikka erishgan. 2 marta Angliya Kubogi, shuningdek CHempionlar Ligasida ham sovrindor bo'lgan.

2003 yilda esa Madridning "Real" jamoasiga ko'chib o'tadi va 4 yil davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qiladi. Jamoa bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi. 2007 yilda esa MLSning "Los Andeles Gelaksi" jamoasi safiga borib qo'shiladi va klub bilan 32,5 million dollar evaziga 5 yillik shartnoma imzolaydi. Bu orada u 2009-2010 yillar davomida "Milan"da ijara asosida ham o'ynagan. 2013 yilda esa PSJ sharafini himoya qilgan va faoliyatini yakunlagan.

Qahramonimiz ikki marta FIFAning yil futbolchisi nominaciyasida ikkinchi o'rinni egallagan. U ECHLda ilk marta 100ta o'yin o'tkazgan britaniyalik futbolchiga aylangan. 2000 yildan 2006 yilgacha Angliya terma jamoasi sardori bo'lgan. Sardor sifatida 58 marta jamoasini maydonga olib tushgan. SHuningdek, Google'da 2003 yil va 2004 yillarda sport yo'nalishida aynan Bekxem eng ko'p qidirilgan so'z bo'lgan.

Devid "Spice Girls" guruhi qo'shiqchisi Viktoriya Bekxemga uylangan va ayni paytda ushbu juftlik uch nafar farzandning ota-onasi.





Bolaligi

Devid bolaligidanoq CHingforddagi Rijuey Parkda muntazam futbol o'ynardi. Uning ota onasi "Manchester Yunayted" muxlislari edilar va doimiy ravishda Londondan "Old Trafford"ga tashrif buyurardilar. Ota onaning klubga bo'lgan muhabbati qahramonimizga ham o'tadi va u Bobbi CHarltonning Manchesterdagi futbol maktabiga tashrif buyuradi.

Devid 14 yoshligida "Manchester Yunayted" futbol akademiyasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoa safida ilk marta 1996 yilning 1 sentyabrida Moldaviyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan.


Muvaffaqiyatlari

"Manchester Yunayted"

Angliya Premer-Ligasi chempioni: 1995/1996, 1996/1997, 1998/1999, 1999/2000, 2000/2001, 2002/2003
Angliya Kubogi sohibi: 1996, 1999
CHempionlar Ligasi sohibi: 1999
Qitalararo Kubok sohibi: 1999
Angliya Superkubogi sohibi: 1996, 1997.


"Real"

Ispaniya chempioni: 2006/2007
Ispaniya Superkubogi sohibi: 2003



Standart vaziyatlar qiroli "Real" safida navbatdagi jarima zarbasini golga aylantirmoqda


"Los-Anjeles Gelaksi"

MLS Kubogi sohibi (2): 2011, 2012
Supporters' Shield MLS (2): 2010, 2011
MLS g'arbiy chempionati g'olibi: 2009, 2010, 2011
MLS Kubogi finalchisi: 2009


"Milan"

Italiya chempionati bronza medali sohibi: (2): 2008/09, 2009/10


"Pari Sen-Jermen"

Franciya chempioni: 2012/13




Angliya terma jamoasi safida 115 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta aniq nishonga olgan.


Mahsus orden va sovrinlari

Britaniya imperiyasi oficeri ordeni: 2003yildan beri
YUNISEF elchisi: 2005 yildan beri
Britaniyalik 100 nafar buyuk inson ro'yhatiga kirgan


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика