So’nggi yangiliklar

21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  1 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  2 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  4 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  10 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  2 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  8 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  5 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  8 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  8 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  7 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  16

"Brentford" o'yinchisi Touni penaltini ideal darajada tepadi. SHu sabab Angliyada uning JCHga borishini xohlashadi Yangiliklar

"Brentford" o'yinchisi Touni penaltini ideal darajada tepadi. SHu sabab Angliyada uning JCHga borishini xohlashadi

APLda 8tadan 8ta.

Ayven Touni – APLning ehtimoliy yulduzi. U liganing eng yaxshi to'purarlari ro'yxatidan uchinchi o'rinda ketmoqda (8ta gol, oldinda 9ta bilan Keyn va 15ta bilan Xoland) va kamtargina "Brentford"ni yuqoriga ildamlamoqda (13 ochko bilan 9-o'rin).

Tounining esa o'ziga jalb qiladigan tomoni bor – penalti. Bu borada u dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan.



Touni penaltini ideal darajada amalga oshiradi. Statistika ajoyib


Touni mavsumdagi sakkiz golidan uchtasini penalti orqali urdi. Bu uning faoliyatidagi statistikasini chiroyli tarzda to'ldiradi.

• 27tadan 26ta penalti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan (penaltilar seriyasidan tashqari);

• penaltilar seriyasidan 6tadan 5ta gol;

• "Brentford" tarkibida 20tadan 20ta gol;

• Angliya Premer-ligasida 8tadan 8ta;

• Hozirda 22ta goldan iborat seriyasi (yana penaltilar seriyasini hisobga olmaganda).

APLda umuman adashmaganlardan faqatgina Dimitar Berbatov (9/9) va Yaya Ture (11/11) yaxshiroq.


"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank Ayvenni dunyodagi eng yaxshi penaltichi deb ataydi, garchi bir necha kun oldin Sky Sports efirida hujumchi bir marta mashg'ulotlarda ketma-ket 5ta penaltini amalga oshira olmaganini aytgan bo'lsa ham.

Ammo, Touni "Brentford" tarkibidagi rasmiy o'yinlarda deyarli doim aniq.


Touni qanday qilib penaltini tepadi? Hushtakdan bir necha soniyadan so'ng tepadi, to'pga emas, darvozabonga qaraydi


Barchasi zarbani o'zgacha tarzda berishida. Ayvenning o'zi "Brayton" (2:0, dubl, gollardan biri penaltidan) bilan o'yindan so'ng hazillashdi: "Darvozabon gaplashishni, har biri miyamga kirishga urinadi, ammo men xotirjamman va boshqa narsalar haqida o'ylayman. O'zimni sohilda kokteyl bilan tasavvur qilaman".

Tounining penalti tepishdagi harakatlarini Norvegiya sport fanlari maktabi professori va sport psixologiyasining super yulduzi Geyr Yordet o'rgandi. U quyidagi muhim vaziyatlarni belgiladi.


1. Jamoadagi sheriklari raqiblarni bloklashadi – Ayvenning oldiga hech kimni qo'yishmaydi. Hujumchi zarbadan oldin bemalol moslasha oladi. Psixologik nazorat – muvaffaqiyatning birinchi qadami.



2. To'p nuqtada, hakam hushtak chaladi, ammo Touni uni birdan tepmaydi. U hushtakdan so'ng yugurishni boshlashdan oldin bir necha soniya kutadi. U "Brayton"ga qarshi o'yinda 6 soniya turdi.



Bunday usul unda "Brayton"ga kelganidan so'ng paydo bo'ldi. U "Peterboro"da hushtakdan so'ng birdan yugurgan. U Premer-ligada 4 soniyadan kam kutmaydi, shaxsiy rekord – 8 soniya.


3. Touni umuman to'pga qaramaydi – faqatgina darvozabonga. Hujumchi darvozabon qaysi tomonga otilishini bildiradigan harakatni izlaydi – va xotirjam tarzda qarama-qarshi yo'nalishga to'pni yo'llaydi.



"Zarba qaerga yo'nalishini u emas, darvozabon hal qiladi", – deb chiroyli tarzda ifoda etdi Yordet.

Zarba usuli haqiqatdan ham darvozabonda kam imkoniyatni qoldiradi. Ammo, Touni baribir bir marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan. O'shanda "Barnsli" darvozaboni Adam Devis (hozirda "SHeffild Yunayted" zaxirasida) seyv ijro etgan.

Ammo, Yordetning qayd etishicha, Touni o'sha paytda hatto APL darajasidagi ajoyib penaltichiga aylantirgan principlarni ishlab chiqmagan edi: o'sha paytda hushtakdan so'ng birdan zarba bergan va to'pga qaragan.




Penaltilar seriyasidagi yagona muvaffaqiyatsizlik ham o'sha yili sodir bo'lgan, ammo Liga Kubogida – Tounining zarbasini "Brentford" darvozaboni Ben Uilson qaytargan.


Touni JCH-2022ni xohlaydi. Karrager penaltini tepish mahorati as qotadi deb hisoblaydi


Angliyada Tounining muxlislari etarlicha topiladi – ular terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeytdan Ayvenda milliy jamoada bitta o'yin bo'lmasa ham, forvardni Qatardagi Jahon chempionatiga olishni so'rashadi.

"Brayton" bilan o'yindan so'ng Jeymi Karrager va Gari Nevill forvardning piar-akciyasini uyushtirishdi. Ayniqsa "Liverpul" sobiq himoyachisi qattiq harakat qildi.

"U Qatarga borishi kerak deb o'ylayman, – deydi Karra. – Bizda bir xil toifadagi hujumchilar ko'p: Kallum Uilson, Kelvert-Lyuin, Temmi Abraxam. Men esa Touni haqida o'ylayapman, bu o'yinchi ularning barchasidan yaxshiroq. O'yin sifatini ko'ring, u ketishi kerak.



Bunday musobaqalarda senga hujumda turli xil variantlar kerak. Angliyada penalti bilan yoqimsiz xotiralar bo'lgan. Eng yaxshi penalti ijrochilariga ega bo'lish kerak – bu o'ziga ishonchni qo'shadi. Agar penaltida yaxshiroq bo'lganimizda, hozirda Evropa chempionlari bo'lardik. Garet Sautgeytning bu haqda o'ylayotganiga ishonchi komil.

Biroq, Sautgeytning o'zi ham Touni unga kerakligini tan olmoqda – u o'yinchini Millatlar ligasining kuzgi o'yinlariga chaqirdi. Ammo, uni maydonga tushirmadi.

Ayvenning kelajagini noaniq tarzda tasvirlab berdi. "U hozirda bizning rejalarimizda. Uning klub uchun bunga qadar qilganlari JCHgacha qiladigani juda ham muhim. Qatarga yo'l olish juda yaqinligini tushunaman, ammo Touni uchun terma jamoada bundan keyin ham hayot bor. Barcha qaydnomaga kirishni xohlaydi, ammo guruhda uzoqroq bo'lganlarning imkoniyat yuqoriroq".

Agar Sautgeyt Tounini JCH-2022ga olmasa va penaltilar seriyasida mag'lub bo'lsa, bu juda og'riqli bo'ladi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика