Breno muddatidan avval ozodlikka chiqish va futbolchilik faoliyatini davom ettirishga urinyapti
03 dek 2014 18:31
Yangiliklar


Breno muddatidan avval ozodlikka chiqish va futbolchilik faoliyatini davom ettirishga urinyapti
"Bavariya"ning sobiq himoyachisi Breno muddatidan avval qamoqdan chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.
Bir necha kun oldin uning ishi bo'yicha eshituv bo'lib o'tdi va sud ikki haftadan keyin o'z qarorini elon qilishi kutilmoqda. Breno futbolchilik faoliyatini davom ettirishni xohlayapti.
"Tizzam joyida va o'zimni yaxshi his qilyapman. Yana futbol o'ynash niyati bilan yonmoqdaman.Televizordagi futbolni ko'rish men uchun og'ir" - deydi Breno.
Eslatib o'tamiz, Breno o'z uyini yoqib yuborganligi uchun qamoq jazosini o'tayapti. Sud uni 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum etgan. Jazoni o'tash mobaynida Breno xar kuni 5 soat ozodlikda bo'lish va "Bavariya" bilan ishlashga ruhsat olgan.

Fikrlar