Breno 20 dekabrda muddatidan avval ozodlikka chiqariladi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2014, 14:24
"Bavariya"ning sobiq himoyachisi Breno shu kunlarda yuqori kayfiyatda.

Braziliyalik 20 dekabrda muddatidan avval ozodlikka chiqadi.

Shu kunlarda uning ishi bo'yicha navbatdagi eshituv bo'lib o'tdi va sud Brenoni oqladi.

"Bu men uchun ajoyib sovg'a. Juda baxtliman" - deydi Breno.

Eslatib o'tamiz, Breno o'z o'yini yoqib yuborgani uchun jazoni o'tayapti. 2012 yilning iyul oyida sud uni 3 yil 9 oy muddatga qamoq jazosiga mahkum qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com