Brendan Rojers: “Biz “Manchester Siti”dan qo'rqmaymiz”
26 dek 2013 16:27
Yangiliklar


Brendan Rojers: “Biz “Manchester Siti”dan qo'rqmaymiz”
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers, shogirdlari APLning 18-turidan o'rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi o'yinga tayyor ekanini aytib o'tdi.
“Biz hech qanday qo'rqinch his etmayapmiz. O'tgan yili ikki marotaba “Manchester Siti”ga qarshi o'ynaganmiz va ikkala o'yinda ham durang qayt etilgan edi.
Albatta biz raqibni hurmat qilamiz. Ularda faxrlansa arziydigan tarkib bor.
Biroq “Liverpul” o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. Biz sovuqqonlik bilan o'ynaymiz va o'ylaymanki ushbu o'yinda g'alaba qozonamiz”, - deydi Rojers.

Fikrlar