Breaking news: Samvel Babayan Latviya chempionini boshqaradi!
27 mar 2018 18:02
Yangiliklar
Breaking news: Samvel Babayan Latviya chempionini boshqaradi!
Ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioniga aylangan "Spartak" Yurmala jamoasini endilikda o'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan boshqaradi. Yangi jamoada Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashishadi.
O'FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirgandi. Biz shu munosabat bilan Latviya futbol federaciyasiga murojaat qilganimizda, ular O'FA Ijroqumi Babayandan 1 fevral kuni diskvalifikaciyani olib tashlanganini tasdiqlashdi. SHu boisdan ham Samvel Babayan endilikda xorijda murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkin.
"Spartak" Yurmala Latviya chempioni sifatida kelasi mavsumda ECHL saralash bosqichidan o'z ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan ECHL doirasidagi o'yinda ishtirok etadigan ilk o'zbekistonlik mutaxassisga aylanishi mumkin.
Latviya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta start oladi. Babayan 1 aprel kuni Latviya chempionatidagi o'z debyutini "Elgava" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar