Breaking: SHomurodov "Roma" azosiga aylandi!
29 iyu 2021 01:28
Yangiliklar


Breaking: SHomurodov "Roma" azosiga aylandi!
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Roma" Eldor SHomurodovning transferini hal etdi.
Transfer tez orada rasman elon qilinadi.
Rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. SHomurodov endi 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan malum miqdorda pul ishlab oladi.
26 yoshli hujumchi "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tgan yilning oktyabrida 7,5 million evroga o'tgan edi.
Forvard 32 o'yinda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.
Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar