So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Breaking news: SHohruh Gadoev faoliyatini Evropada davom ettiradi Yangiliklar

Breaking news: SHohruh Gadoev faoliyatini Evropada davom ettiradi

Teglar :  SHohruh Gadoev
Qarshining "Nasaf" jamoasi safidagi o'yinlari bilan tanilgan iqtidorli futbolchi SHohruh Gadoev faoliyatini Evropa mintaqasida davom ettiradigan bo'ldi.

Bu haqda saytimiz ijodkori — SHahboz Beg'amov xabar qildi.


"Bunyodkor" azosi sifatida o'tgan mavsumni Superligada o'tkazgan futbolchi "qaldirg'ochlar"ni tark etdi.


Faoliyatini "Nasaf"da boshlagan, keyinchalik Bahraynda "Al-Muharraq" klubi sharafini bir muddat himoya qilgan vinger so'ngra yana "Bunyodkor"ga qaytgandi. 2018 yilgi mavsumda esa Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" jamoasiga o'tgan futbolchi salkam 1,5 yil yana legioner maqomida to'p tepdi. Joriy yil yozda esa yana "Bunyodkor"ga qaytgan Gadoev mavsumning ikkinchi qismidan etiboran "qaldirg'ochlar"ga ko'maklashdi. Mavsum tugagach esa shartnomasi nihoyasiga etgan futbolchi Ozarboyjondan bo'lgan qiziqish tufayli sobiq "Inter Baku", yani hozirgi "Keshlya" nomi bilan ataladigan klub bilan shartnoma imzoladi.


Ozarboyjon chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda ketayotgan mazkur jamoa joriy mavsum Evropa ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurashmoqda. Ayni paytda chempionatda birinchi davra o'yinlari yakuniga etgan va transfer oynasi ochiq. Mazkur transfer bozoridan foydalangan klub o'zbekistonlik iqtidorli futbolchi SHohruh Gadoev  bilan shartnoma imzoladi. SHartnoma 1,5 yilga tuzildi.


"Keshlya" jamoasi Ozarboyjon premer ligasida 2008 hamda 2010 yillari chempionga aylangan. SHuningdek, klub 2018 yilgi mavsumda Ozarboyjon Kubogida g'olib chiqqan. Joriy mavsum "Keshlya" jamoasi sovrinli o'rinlar uchun jiddiy kurashmoqda.


Eslatib o'tamiz, kuni kecha Ozarboyjon chempionatida birinchi davra yakunlandi hamda jamoalar tatilga yo'l olishdi. Premer liga o'yinlari fevraldan etiboran yana davom ettiriladi.


Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика