Breaking news: PFL klub rahbarlari va bosh murabbiylarni "Milliy"da yig'moqchi
18 may 2019 15:49
Yangiliklar


Breaking news: PFL klub rahbarlari va bosh murabbiylarni "Milliy"da yig'moqchi
PFL kecha Superligadagi barcha klublarga xat yuborgan.
Xatda yozilishicha, 20 may, dushanba kuni O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida yig'ilish o'tkaziladi.
Unda PFL bosh direktori Omon G'ofurov Superliganing barcha klublari rahbarlari va bosh murabbiylaridan shaxsan ishtirok etishni so'ragan. Yig'ilish "Milliy" stadionida soat 17:00da boshlanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etish kerakki, mazkur yig'ilishda "Paxtakor" vakillari, yani PFL rasmiy xatida so'ralgan rahbar va bosh murabbiy ishtirok etolmaydi. CHunki shu kuni "Paxtakor" OCHL doirasida Saudiya Arabistonida "Al Ahli" bilan o'yin o'tkazadi.
Mazkur yig'ilishda nima masala ko'rilishi nomalum. "Championat.asia" sayti voqealar rivojini kuzatib boradi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar