Breaking news. Masharipov BAA klubida o'ynaydi
29 jan 2021 13:16
Yangiliklar


Breaking news. Masharipov BAA klubida o'ynaydi
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi faoliyatini BAAda davom ettiradi.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Paxtakor" Masharipovni Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga transfer qilgan, biroq ushbu klub legionerlar limiti tufayli Masharipovni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. SHu bois "Al Nassr" o'zbekistonlik futbolchini BAAning "SHabab Al Ahli" klubiga ijaraga beradi.
Eslatib o'tamiz, "SHabab Al Ahli" klubida o'zbekistonlik boshqa yarim himoyachi Azizjon G'aniev to'p tepmoqda. Ayni paytda ushbu klub BAA chempionatida 13ta turdan so'ng 19 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
"SHabab Al Ahli" OCHL-2021da "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "Istiqlol" (Tojikiston) bilan bir guruhdan joy olgan. Guruhning so'nggi ishtirokchisi 7 aprel kuni "Al Garafa" - AGMK uchrashuvidan keyin malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar