So’nggi yangiliklar

19:30Лерой Сане келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 19:05ЛаЛига. "Барселона" - "Реал" 3:2 (матнли трансляция)  94 19:00Суперлига. "Машъал" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 18:46"Барса"га Гримальдо ва Бастони қизиқми?  0 18:13"Капаз" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  0 18:08РПЛ. "Акрон" бешта гол урилган ўйинда "Ахмат"ни мағлуб этди, Эсанов эса...  3 18:00АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Челси"ни ишончли ҳисобда мағлуб этиб, учинчи ўринга чиқиб олди, "аристократлар" биринчи бўлимда ўн киши бўлиб қолишди  8 17:40"Байер" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  0 17:28"Машъал" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 17:11"Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва МЮ иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 17:05"Сивасспор" — "Бодрумспор". Таркиблар маълум  0 16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  9 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1 15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  3 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  14

Breaking news: Lokomotiv Artur Gevorkyan bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Breaking news: Lokomotiv Artur Gevorkyan bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  Artur Gevorkyan
Har doim o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yib kelgan “Lokomotiv” futbol klubi bugun ko'p yillar davomida “Nasaf” klubi sharfini himoya qilgan Artur Gevorkyan bilan shartnoma imzoladi.
Osiyo CHempionlar Ligasida o'z yurishini zafarli davom ettirayotgan “Lokomotiv” O'zbekiston chempionatida to'p suruvchi eng kuchli legionerlardan biri Artur Gevorkyan bilan kelishuvga erishdi.

"Qirol Artur" taxallusida to'p suruvchi Artur Gevorkyan 1984 yil 22 noyabrda Turkmanistonning Ashxobod shaxrida tavallud topgan.
Futbolchilik faoliyatini Turkmanistonning “SHagadam” klubida boshlagan. Undan so'ng “Esil-Bogatyr” (Qozog'iston), “Ashxobod” (Turkmaniston), “SHo'rtan” (O'zbekiston), “Paxtakor” (O'zbekiston) va “Nasaf” (O'zbekiston) klublarida davom ettirgan.

“Nasaf” klubida 140 uchrashuvda maydonga tushib 64 ta to'p kiritgan.

Jamoaviy yutuqlari:

O'zbekiston Kubogi soxibi – 2015 yil
O'zbekiston CHempionati vice-chempioni – 2011 yil
O'zbekiston CHempionati bronza medallari soxibi – 2013,2014,2015 yillar
O'zbekiston Kubogi finalchisi – 2011, 2012, 2013 yillar
O'zbekiston Superkubogi soxibi – 2016 yil
Osiyo Futbol Konfedaraciyasi Kubogi soxibi – 2011 yil

SHaxsiy yutuqlari:
Osiyo Futbol Konfedaraciyasi Kubogining “Eng yaxshi futbolchisi” – 2011 yil
O'zbekiston CHempionatining “Eng yaxshi futbolchisi” – 2013 yil
O'zbekiston CHempionatining “Eng yaxshi to'purari” – 2014 yil
O'zbekiston CHempionatining “Eng yaxshi legioneri” – 2013, 2014 yillar.

“Temiryo'lchilar” safiga xush kelibsan, Artur!
Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика