BREAKING: Jasurbek Yaxshiboevning yangi jamoasi malum
08 iyu 2020 01:42
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579788_original.jpg)
![](/upload/storage/579788_220.jpg)
BREAKING: Jasurbek Yaxshiboevning yangi jamoasi malum
"Pressball" nashri "Energetik-BGU" tarkibida ijara asosida o'ynayotgan Jasurbek Yaxshiboevning yangi jamoasini malum qildi.
Malumotlarga ko'ra, Yaxshiboev yaqin vaqtlar ichida Belarus chempionati turnir jadvalida etakchilik qilayotgan Soligorskning "SHaxtyor" jamoasi tarkibiga borib qo'shiladi. Hozircha transfer qanday ko'rinish olishi aniq emas: "Paxtakor"dan ijara yoki futbolchi sotib olinishi ham mumkin.
Oldinroq "Energetik-BGU" Devid Tvening tarkibdan ketganligini malum qilgandi. Liberiyalik futbolchi Brestning "Dinamo"siga o'tadi.
Yaxshiboev ushbu mavsumda 14 o'yinda 9 bora raqiblari postiga yo'l topgan holda chempionat to'purariga aylanib turibdi.
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar