BREAKING! Azim Ahmedov "Navbahor"ni tark etdi
03 iyu 2021 22:50
Yangiliklar
BREAKING! Azim Ahmedov "Navbahor"ni tark etdi
Bugun "Navbahor" Superliganing 12-turi doirasida o'z maydonida "Andijon"ga mag'lub bo'ldi.
Ushbu uchrashuvdan keyin namanganliklar sardori Azim Ahmedov jamoani tark etganini malum qildi.
"Muxlislardan bugungi o'yin uchun uzr so'rayman. Bizni kechirasizlar. Aziz muxlislar, mening mehnatlarimga rozi bo'lasizlar. Menga muxlislik qildingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Sardorlikni topshirdim. Mehnatlarimdan rozi bo'lishmadi. Sog' bo'linglar, "Navbahor" chempion bo'lsin!", - deb yozadi futbolchi.
Malumot uchun, 5 iyul kuni O'zbekistonda transferlar oynasi ochiladi.
Fikrlar