So’nggi yangiliklar

02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  0 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  1 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  2 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  29 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  1 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  7

Braziliyalik Ronaldoning kelib chiqish tarixi. 2-qism Yangiliklar

Braziliyalik Ronaldoning kelib chiqish tarixi. 2-qism

Teglar :  Ronaldo Braziliya
Bugun Ronaldo haqidagi navbatdagi qiziqarli malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Ronaldo aynan qanday o'ynagan edi?

Ronaldoning shaxsiy fizioterapevti Niltor Pitrone uning tezligi haqida quyidagilarni eslaydi: “O'sha yillari u 100 metrga 10,2 yoki 10,3 sekundda yugurar edi. U shunchaki tezkor edi. U buni tezlik va kuch orqali bajarar edi. ” Taqqoslash uchun rekordchi Useyn Boltning natijasi 9,58 sekund bo'lsa, Ronaldo davrining eng tezkor o'yinchilaridan biri sifatida baholanadigan Maykl Ouenning natijasi 10,8 sekund edi. Kuch, kosmik tezlik va brazilcha texnika uni etib bo'lmas darajada tezkorligini taminlar edi. U himoyachilardan o'z jamoasi himoya hududidanoq qochib ketar edi. 1996-yilgi mavsumda “Valensiya” darvozasiga urilgan gol buning yorqin misolidir. Bu golda Ronaldo raqib jamoa hujumidan so'ng to'pni egallagan holda, raqib maydonidagi barchani aldab o'tardi. Xavier Zanetti 1997/98 yilgi mavsum “Inter”ning asosiy rejasi Ronaldoga to'pni oshirish va uni raqib jamoa himoyachilari chorasizlarcha  tomosha qilishlarini kuzatish bo'lganini hazillashib aytadi. Zidan esa hech qanday taktika evaziga Ronaldoni to'xtatib bo'lmasligini takidlaydi.

“Ronaldo yo'q joydan imkoniyatlar yaratardi. Unga gol urish uchun sherik kerak emasdi. Ko'pchilik hujumchilarga gol urish uchun yarim himoyachilar kerak, lekin unga emas. U shunchaki to'pni egallaydi va uradi. U tezlikda to'p bilan ajoyib tarzda muomala qiladi. U — fenomen. ”Yuqoridagi siz o'qigan so'zlar esa Emilio Butragenoga tegishli edi. Ronaldo futbolda hech qanday taktika yoki sxemaga bog'langan emas edi. Braziliya terma jamoasida va “Inter”da u tandem bilan harakatlangan, ”Barselona”da esa yagona hujumchi edi. Har qanday taktik sxema yoki rejada uning roli o'zgarmas tarzda saqlab qolinar va daxlsiz edi. Ronaldoning o'zi shunday fikrlaydi: ”Men himoyachilar va darvozabonni aldab o'tgan holda gol urishni yaxshi ko'raman. Bu mening fishkam emas. Bu shunchaki mening tabiatim”. Bunday vaziyatlarni yaratishning eng oson yo'li — bu raqibning himoya zonasida tinmay harakatlanishidir. Agar himoyachi Ronaldo bilan to'qnash kelsa, u raqibning himoyasidagi yoriqdan foydalanadi va tanasining orqa tomonini ishga solgan holda raqibdan qochadi. Agar himoyachi joyida qolsa, Ronaldo to'p bilan erkin tarzda raqibdan o'zib ketadi. Ko'pchilik hujumchilar to'p bilan o'zlari qolgan holda, bo'sh zonaga to'pni himoyachilardan olib qochadilar. Bu esa hujumchilar uchun o'zini yo'qotish demakdir. Har doim ham quyidagi qoida amalda bo'lgan: “Jarima maydonida hujumchi yo'q, demak xavf ham yo'q. ”Hujumchining roli va salohiyati u himoyachi bilan yakkama-yakka holatda qolganidagina bilinadi. Ronaldo esa himoyachilar bilan qolganida, ulardan to'pni olib qochmas, balki ularni aldagan holda mag'lub etar edi.  

Hozir shunga o'xshash holatni “aldamchi to'qqizlik” ampluasidagi o'yinchilar amalga oshiradilar. To'pni orqadagi jamoadoshlariga havola qilgan holda, bo'sh zonalardan foydalanadilar. Lekin zamonaviy o'yin taktikalarida ularni oldingi chiziqdagi sheriklari qo'llab-quvvatlaydilar. U paytlarda bunday konsepciyalar mavjud bo'lmagan va bunday harakatlar keraksiz deb baholanardi. Biroq Ronaldo o'zgacha edi. Unga sheriklarining yordami kerak emasdi, u hammasini o'zining sehri orqali bajarar edi.

Tinimsiz harakatlar Ronaldoning o'yinini shunday ajoyiblashtirgan ediki, odamlar uni tariflashga so'z topa olishmasdi. Boshlang'ich poziciyasi va gollarining soniga qarab uni hujumchi deb hisoblashardi, lekin faoliyatining boshida uni Braziliyada hujumkor yarim himoyachi sifatida bilishardi. Futbolga mutaxassis ko'zi bilan qaraydiganlar Ronaldo va oddiy hujumchi o'rtasidagi katta tafovutni sezardi. 90-yillar oxirida Valdano o'zining ajoyib taxminini ilgari surgan: “Romario — Ronaldoning o'tmishi. Uning qirollardek hayot kechiradigan joyi bu raqib jarima maydonchasi. Ronaldoning joyi esa, bu butun bir raqibga tegishli bo'lgan maydonning ikkinchi yarmi. Romario — bu o'tmish, Ronaldo esa kelajak”.

Ronaldoning driblinglari va bo'sh zonaga ochilishi, deyarli barchasi murabbiylarning yordmi va ko'rsatmalarisiz amalga oshardi. “Agar sen ko'p gol ursang, murabbiy senga nima xohlasang qilishingga ijozat beradi. Sening qanday gol urayotganing hech qanday ahamiyat kasb etmaydi”, — degandi Ronaldo. Lekin uning barcha mustaqilligi tavakkalchilikdan iborat edi. Ronaldo yo takrorlanmas intuiciya sohibi yo juda aqlli o'yinchi. Buni Valdano quyidagicha izohlaydi: ”Ronaldo hujumni jarrohlarga xos tarzda aniqlik bilan tugatadi. U doim poziciyani to'g'ri tanlaydi va qochadi”.

“Uning to'psiz harakatlanishi takrorlanmas” — zavqlangan holda aytadi Ziko, “Men hech qachon bunday tarzda harakatlanadigan o'yinchini ko'rmaganman. U bilan o'ynash oson bo'lgan. Men u bilan o'ynashni xohlaganman. Aminmanki, u 2000-golini urgan bo'lganida ham, men unga to'p oshirgan bo'lardim. JCH 2002 dagi qahramonliklarga hissa qo'shgan Rivaldo ham bu borada quyidagilarni eslaydi: ”Ronaldo bilan o'ynashda vaqt hech qachon ahamiyat kasb etmaydi. Men uning qanday o'ynashi va qayerda to'pni qabul qilishini yoqtirishini bilganman. U bilan o'ynash oson, bu shu sababdanki, u doyim jarima maydoni va uning atrofida to'g'ri poziciyaga harakatlangan. To'pni qabul qilgan zahotim Ronaldo nima qilishimni bilar edi”.


Vaqt o'tishi bilan murabbiylar uni to'xtatishning yagona yo'li unga alohida o'yinchini  (uning yonidan jilmaydigan o'yinchi) bog'lab quyish ekanligini tushunishdi. Mantiqiy yo'l: Ronaldoga ochilish va erkin harakatlanish imkoniyatini berishmaydi va shu bilan himoyadagi tartib saqlab qolinadi. Lekin Ronaldoning tug'ma iqtidori sabab bu hardoyim ham ish bermagan.

Bu usulni birinchilardan bo'lib o'sha paytda “Tenerife”ni boshqargan Yupp Xaynkess qo'llaydi. U Ronaldoni qo'riqlashni Sezar Gomesga topshiradi. Natijada Ronaldo gol urmaydi va ular durrangga (1:1) erishishadi. Gomesning omadi kelgan edi. Keyinroq u bu ishning naqadar og'irligini takidladi: ”Ronaldoni qo'riqlash futboldagi eng qiyin vazifa. Mening muvaffaqiyatim ikki jihatga bog'liq edi – juda qattiq xohish va doyim u bilan yugurish. Mening omadim kelgan edi, chunki u mendan juda kam holatda qochib keta oldi. Qochib ketgan paytida esa vaziyatdan foydalana olmagan edi. O'yin tugagan paytda esa menda hech nima qolmagan edi. Men o'zimni shunday sezdimki, xuddi bir emas beshta o'yin o'tkazgan edim. Ronaldoni va u to'pni qabul qilgandan keyin nima qilishini hech qachon etibordan chetda qoldirmaslik kerak. Bir lahzaga bo'lsa ham. Agar u to'pni qabul qilgan holda bir metr bo'lsa ham bo'sh joyga ega bo'lsa, sen yutqazding. U himoyachilarni hovlidagidek aylantirishni boshlaydi. Uni keyin to'xtatib bo'lmaydi. ”

Hammada ham bu usul ish bermagan. “Atletiko” murabbiyi Radomir Antichning xafsalasi pir bo'lishiga shu holat sabab bo'ldi. U Ronaldoni qo'riqlashga Kuinton Forchunni tayinlaydi. “Oxir-oqibat final hushtagi yangraganden keyin men Ronaldoni ko'rdim. O'yin vaqtida esa men unga yaqin kela olmagan edim, - eslaydi Forchun. – Men Messini yoqtiraman. Krishtianu Ronaldu bilan o'ynaganman va unga qoyil qolganman. Neymar ham buyuk o'yinchi, Ronaldino ham ajoyib edi. Lekin bularning barchasini bir futbolchiga birlashtirsak 1996/97 mavsumdagi Ronaldoga yaqinroq futbolchi paydo bo'ladi.”

“Texnik jihatdan kuchli, tezkor, baquvvat, aqlli futbolchilar bor. Ronaldo esa bularning hammasidan iborat o'yinchi edi. U haqiqiy “maxluq” edi. Uni boshqa futbolchilar bilan solishtirish adolatsizlikdir. Uning “Barsa”dagi takrorlanmas mavsumidagi bir kichik qism bo'lish men uchun sharaf. Men haqiqiy go'zallik shaydosiman. SHeriyat, rassomlik, musiqa va ... Ronaldoning qilgan ishlari ham  shu qatorda turishga loyiq” – deb aytgan edi Forchun. Bora-bora Ronaldo bunday qo'riqlashlardan qanday chiqib ketishni o'rgandi. Bunday qiyin rolda o'ynashga tayyor bo'lgan o'yinchilar unchalik ko'p emas edi. CHunki Ronaldo o'ta aqlli edi va bunday duellarni yutish uchun barcha ishni bajarar edi. Robsonning aytishicha Ronaldo har qanday taktikaga moslashar edi.


Uning A seriyaga ko'chib o'tishidan so'ng Marchello Lippi quyidagi fikrlarni aytgandi: “Murabbiylar unga qarshi ikkinchi himoya chizig'ini tashkil etish kerakligini aytib hazillashishmoqda. CHunki hamma shunga aminki, u tezlikda yugurib himoyani yorib o'tadi yoki dribling ishlatib.” Ronaldoni etib bo'lmas qilgan jihat umuman boshqa. U markaziy himoyachiga qarshi deyarli o'ynamagan. Agar u to'p egallash uchun yarim himoyachilarga yordam bermasa, qanot himoyachisiga yaqinlashar, yoki butunlay qanotga o'tib olar edi. Bu juda samarali, o'sha davr uchun noodatiy harakat edi va bu himoyachilarni sarosimaga solib qo'yar edi.

Ronaldo shu darajada yaxshi o'ynar ediki, bazida bularning barchasini bir lahzada, butunlikda amalga oshirar edi. Birinchi bosqich: u orqaga qaytar edi va bundan foydalanishga harakat qilar edi. Ikkinchi bosqich: himoyachi u tomonga yaqinlashar edi va Ronaldo tanasini orqaga burib uni qarshi olar edi va va vaziyatdan chiqib ketar  edi. Uchinchi bosqich: Ronaldo markaziy himoyachilardan qochar edi, chap yoki markaz orasida harkatlanib ochilar edi. Natija — gol.

Yosh Ronaldoda kamchilik bo'lganmi?

O'yin bo'yicha deyarli yo'q. Faqatgina engil tanqidlar bo'lgan. Mario Zagallo barcha murabbiylar tanqid qilishga haqli bo'lgani kabi Ronaldoning pas bilan o'ynashi kerakligini aytgan edi. Joze Mourinyo esa: “ 89 daqiqa maydonda uxlab keyin gol urib hayqiriqlarni kutib bo'lmaydi.” degan edi. Bazi shikoyatlarga qaramay ikkala murabbiy ham Ronaldoni eng zo'ri sifatida tan olishadi.
Deyarli barcha tanqidlar mashg'ulotlar va rejimni buzish tufayli aytilar edi. SHuning uchun Ronaldoning karerasi o'sha mashhur “Agar u” iborasi bilan to'la. U stabil bo'la olarmidi? Qattiq rejim uni o'sha mashum  jarohatidan saqlab qola olar edimi?
Biz deyarli har tuni Ronaldo bilan ko'ngilxushlik qilar edik. Ertasiga mashg'ulot bo'lsa ham ichar edik. Ertasiga men zo'rg'a harakatlanar edim va har bir nafasda tutilar edim. U esa jilmaygancha bazada kofe ichar edi. Darhaqiqat unga mashg'ulotlar kerak emas edi. CHunki u dunyoda eng zo'ri edi” – deb eslaydi bir paytlar u bilan birgalikda A seriya himoyachilarini titratgan “Bobo”  Veri.

Ronaldoning “Inter”dagi murabbiyi Simoni braziliyalikka alohida yondashar edi:      “Men hech qachon hamma futbolchi bir xil saviyada deb o'ylamaganman. Alohida futbolchilar bor edi. Ronaldo shundaylardan biri edi. U uchun boshqalar yugurishi kerak edi. Butun jamoa buni bilgan va buni xursandchilik bilan amalga oshirgan. CHunki jamoa bu iqtidor bilan yanada kuchli bo'lishini yaxshi bilgan.”

1998-yil yanvarida “Yuventus” bilan bahsdan oldin Ronaldoga “Oltin to'p”ni topshirishdi. “Inter” g'alaba qozondi va Ronaldo golli pas berdi. O'yindan so'ng u uyushtirilishi kerak bo'lgan kechaga shoshganidan “Oltin to'p”ni kiyinish xonasida unitib qoldiradi. “Barsa” da ham shunga o'xshash hodisa kuzatilgan. Ronaldoda imtiyoz bor edi. Ikki oyda u Braziliyaga naq to'qqiz marta uchdi. Bazida esa Nyu–Yorkda ko'rinar edi. Bahona tayyor bo'lgan: “Ishonchli doktorga ko'rinish”. Aslini esa hamma bilar edi. Ronaldo ishrat qilar edi.

Ronaldoning merosi

“Ronaldo – katta o'yinchi. Fenomen. Men o'zimni u bilan tenglashtira olmayman.” – degan  edi  Ernan Krespo “Inter”ga o'tganidan keyingi birinchi matbuot anjumanida. Keyinroq Ronaldoni “Inter”da Krespo almashtiradi. Zlatanning fikricha Ronaldo futbol tarixidagi eng mukammal futbolchi. U kabi futbolchi bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Bobbi Robson uning jarohati haqida quyidagicha fikr bildirgan: “Ronaldoda jarohatidan avval tarixdagi eng kuchli futbolchi bo'lish uchun barcha narsa bor edi.” Yosh Ronaldo barchaning hujumchi to'g'risidagi tasavvurlarini buzib tashladi.

Birinchidan, tezlik. Oldinlari tezkor o'yinchilarni qanotga qo'yishgan. Ronaldo esa supertezlikka ega bo'lgan hujumchilarning birinchi avlodlaridan edi. Leonardoning fikricha “so'yloq tish” futbol tezligini o'zgartirdi. Ikkinchidan, harakat. “Ronaldogacha hech u kabi hujumchi sifatida harakat qilmagan. U bu poziciyani qaytadan kashf qildi. U yarim himoyaga to'pni olish uchun kelardi. Markaziy himoyachilarni chalg'itish uchun qanotlarga harkat qilardi. Ularni tanasi yordamida aldab chuqurga ko'mar edi” – eslaydi Teri Anri. Uchinchidan, Ronaldo “aldamchi to'qqizlik”ning yorqin namunasi. U himoyachilarni koncepciyaning asosi bo'lgan chalg'ishga majbur qilar edi. To'rtinchidan, U yigitlarning ilhom manbai edi. Harri Keyn, Gonsalo Iguain, Karim Benzema va hatto Ruud Van Nistelruy (shunisi ajablanarliki, ular bir davrda o'ynaganlar) kabi hujumchilar uni o'zlariga kumir sifatida bilganlar. Rudning o'zi “Fulxem” darvozasiga urgan golini quyidagicha eslaydi: “ “Fulxem”  darvozasiga urgan golimda Ronaldodan ilhomlanganman. U men uchun muhim gol, Ronaldo uchun esa odatiy”.


“Men Leo Messi cho'qqidaligida “Barsa” da ishlaganman. Biroq baribir Ronaldodan zo'rini ko'rmaganman. U “Kamp Nou” da takrorlanmas tentakliklar qilgan edi. SHuningdek mashg'ulotlarda har kuni bajarib bo'lmas fintlar bilan bizni lol qoldirar edi. Hech kim uni to'xtata olmas edi. U doimo “Barselona”dagi yagona mavsumi kabi to'p surganida edi, shubhasiz futbol tarixidgi buyuklardan biri bo'lar edi. Unga quyilgan laqab haqqoniy. U – fenomen” – eslaydi Oskar Garsiya.

Noyob iqtidorning haqiqiy bahosi. Agar futbolchining butun faoliyatini hisobga olmasdan, uning faoliyati cho'qqisini o'zinigina hisobga olinganda edi, yosh Ronaldo  tarixdagi eng kuchlisi bo'lish uchun davogar bo'lgan bo'lar edi. Ronaldo o'sha mashhur va qalblarni titratgan 2000-yilgi jarohatidan keyin ham superyulduz va asrimizning dastlabki o'n yilligining uch kuchli hujumchisidan biri sifatida etirof etiladi. Bunday hujumchi hozirda yo'q, balki hech qachon bo'lmas ham...


Mamurjon Ibragimov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика